Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 204 ayol bo‘lgani uchun mahalla-kuyda uni yosh-u qari baravar hurmat qilardi. Odamlar o‗rtasida bu ajoyib inson ―Poshsha Oyi‖ degan nom bilan shuhrat topgandi.‖ 18 ―Dunyoning ishlari‖ qissasini bir qarashda kitobxon avtobiografik asarga o‗xshatadi. Unda muallif o‗z onasi, urush yillarida kechgan bolaligi to‗g‗risida hikoya qiladi. Lekin yozuvchining asosiy maqsadi o‗zi uchun eng aziz siymo – onasi bilan bir qatorda dunyodagi barcha onalarning aniq portretini chizish, ularning hayot yo‗lini bayon etish, har bir onaning sha‘niga maqtovlar aytib, xotirasini abadiylashtirish edi. ―Dunyoning ishlari‖ qissasi qahramoni ya‘ni muallif onasiga tirikligida yetarlicha e‘tibor bera olmaganligidan, mehr- muhabbat k‘rsata olmaganligidan aziyat chekadi. Qissa tarkibidagi har bir hikoyalar kishini befarq qoldirmaydi. Ularda farzand uchun har qanday mashaqqatga jon fido qilishga tayyor, sharqona axloq-odob qoidalarini o‗zida mujassam etgan ona madh etiladi. Barcha hikoyalar mazmuni ona obrazi tufayli yaxlitlik kasb etib asar ortiqcha maishiy tavsilotlar, jimjimadorlikdan xoli. Shu tufayli katta qiziqish va hayajon bilan o‗qiladi. Bu qissa ulug‗ adibimiz, O‗zbekiston Qahramoni Said Ahmad aytganidek, ―… dostondek o‗qiladi. Uni o‗qib o‗z onalarimizni o‗ylab ketamiz…‖ Ijodkor o‗z maqsadiga erishdi deb bilamiz. Chunki ijodkor ahli va kitobxonlar tomonida yuksak e‘tirof, olqishlarga sazovor bo‘ldi. ―Dunyoning ishlari‖ qissasi ko‗p jihatdan ijodkorning yirik asari ―Ikki eshik orasi‖ romaniga poydevor bo‗ldi. Ushbu qissa yozuvchining onasi vafoti bilan boshlanib uni qabrga qo‗yish bilan yakunlanadi. Xuddi shuningdek, ―Ikki eshik orasi‖ romani ham Muzaffarning onasi Ra‘noning vafoti haqidagi telegramma xabari bilan boshlanib, qahramonning Qo‗qonga avtobus bilan yetib borishi bilan tugaydi. ―Ikki eshik orasi‖ romanida Muzaffar Shomurodov Ra‘no onasi bilan birga butun No‗g‗oyqo‘rg‗onliklarning urush va undan keying hayot xotiralarini yod etilishi, muallif uslubi tabiiyligi va samimiyligi bilan ajralib turadi. Urush yillaridagi birgina hudud No‗g‗oyqo‗rg‗on va undagi insonlar hayotini tasvirlar ekan, yozuvchi qiyinchiliklarni xas-po‗shlamasdan qalamga oladi. Urush voqealari zamirida urush qatnashchilari va front orti fidoiylarining ichki kechinmalari mahorat bilan ochib berilgan. Inson adabiyotning tasvir predmeti ekan, insonning ruxiyatisiz uni yaxlit, bir butun holatda tasavvur qilish mumkin emas 19 . Asarda inson ruxiyati har bir obraz va voqealarda ortiqcha bo‗rtirishlarsiz bor holicha tasvirlanib, asarga o‗zgacha rux, salmoqli umumlashmalar bilan ifodalangan. Inson ruxiyatini badiiy psixologizm yordamida o‗ziga xos uslubda tasvirlab bergan ijodkor ayol obrazi, ona obrazlariga alohida e‘tibor qaratib ulardagi samimiy tuyg‗u va iztiroblarini huddi o‘zi ko‘rib bilib turganidek kitobxonga ham yetkazgan. Romandagi Qora amma, Xolposh xola, Nazokat xola, Ra‘no, Bashorat kabi ona obrazlari va xatto eng kichi epizodik tasvirlarda ham onaning farzandga bo‗lgan cheksiz mehr-muhabbati yuqori pardalarda tasvirlanib, tasirchang hikoya etilgan. Xususan, ―Noma‘lum askar Kimsan Xusanov hikoyasi‖ da keltirilgan asir ayolning farzandi uchun yashashga intilishi va uning jasoratini aqlga sig‗dirish qiyin. Nemis fashistlari asirlar ustida tajribalar o‗tkazar ekan, o‗z ixtirolarini sinovdan o‘tkazish jarayonida roppa-rossa 35 daqiqa (faqat ona bardosh bergan) kashf etgan dori kuchidan xursand bo‗lishadi. Ammo asir 18 Duysenboyev O. O‘tkir Hoshimov asarlarida xarakter dramatizmi. Til va adabiyot ta’limi.2007-yil.-N o 3. 23-27-betlar. 19 Umurov H. Qahramon ma’naviy olami va epiklik. -T.: Fan, 1995.4-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling