Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
- Bu sahifa navigatsiya:
- REFERENCES
- KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 203 O„TKIR HOSHIMOV IJODIDA ONA OBRAZI TAHLILI
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 202 ham xalqaro olimpiadalarda yurtimiz bayrogini koklarga kotarib kelishmoqda.Mental arifmetikasi boladagi barcha yashirin qobilyatlarni ochishga yordam beradi.Buni oz farzandingiz bilan sinab korishingiz mumkin.Bolangizdagi natijalarni korib ozingiz ham mental arifmetikasiga qiziqib qolasiz.Bolalar bilan ishlaganda asosan kórgazmali materiallardan,qiziqarli harakatli óyinlardan foydalanish samarali natijani kórsatadi.Bolalarda darslarga qiziqishlar bólmaganida,ularni mental arifmetikasi orqali qiziqtirish mumkin.Ular bilan muntazam ravishda fikr almashing.Ularni kelajak uchun hozirdan tayyorlab boring.Shundagina siz jamiyat uchun kerakli shaxsni tarbiyalagan bólasiz. REFERENCES: 1.Pedagoglar uchun mental arifmetika .T-2020 “ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 203 O„TKIR HOSHIMOV IJODIDA ONA OBRAZI TAHLILI Xolbekova Fotimabegim Kuldosh qizi Alisher Navoiy nomidagi TDO‗TAU Adabiyotshunoslik (Oliy adabiyot kursi) II kurs magistri Ijodkor ahli borki, badiiy asar yaratar ekan, avvalo, real hayotdagi voqea-hodisalarni ko‗rib kuzatgan holda undan tasirlanib o‗z ijod mahsulining tug‗ilishiga sababchi. Yaratayotgan obraz yoki obrazlarini imkon qadar yorqinroq, boshqa obrzalardan ajralib turuvchi qilib asar voqealar maydoniga olib kiradi. Qahramonning boshqa obrazlardan ajralib turadigan qirralarini ochib berishga intilgan ijodkor o‗z fantaziyasi va tasavvurini ishga soladi. Bunda albatta, obrazning individual tomonlarini badiiy-estetik prizmasidan o‗tkazib tasvirlaydi. Natijada esa obraz kitobxon uchun aniq, o‗ziga xos fel-atvor, xarakter va fazilatga ega inson qilib gavdalanadi. Inson obrazi ichki va tashqi tasviri aniq bo‗lishida uning xarakteri ahamiyatli. Chunki kitobxon asar mazmuni-mohiyatini dastavval va butunicha xarakterlar (obraz va obrazlar xarakteri) orqali biladi va xazm qiladi. Shuning uchun ham kitobxon yodida butun boshli xarakterlar saqlanib qoladi. O‗zbek adabiyotida ayol, ona obrazlarining milliy xarakterini yaratish borasida adiblarimizning boy tajribasi to‘planib o‘rganilgan. Jumladan, O‗tkir Hoshimov ijodida o‘zbek ayoli, o‗zbek onasi xarakterini yaratishda obrazning ichki va tashqi tasviriga alohida e‘tibor qaratgan. Yozuvchi asarlarida ona obrazi haqqoniy chiqishida uning barcha onalarga nisbatan mehr-muhabbatini ochiq oydin ko‘rish mumkin. Uning asarlarida ona obrazi ulug‗vorligini; millat ruhi va dardini o‘ziga singdirganiligini; umuminsoniy tuyg‗ularni birlashtuvchiligi bilan diqqatga sazovordir. Ayniqsa, ijodkorning ―Ikki eshik orasi‖ romani, ―Dunyoning ishlari‖ qissasi, ―O‗zbeklar‖ va ―Urushning so‗ngi qurboni‖ hikoyalarida ona obrazi mahorat bilan tasvirlangan. Asarlaridagi ona obrazi kitobxonlarga o‗z tasir kuchiga egaligi bilan boshqa obrazlardan ajralib turadi. O‗.Hoshimov ―Mashaqatli safar‖ nomli tarjimayi holida ota-onasi bilan bog‗liq xotiralarni yodga olar va yozuvchi otasini xotirlar ekan, shunday deb yozadi: ―Otam eskicha alifbodagi kitoblarni ham, zamonaviy gazetalarni ham muattasil o‗qib borar, kamgap, hiyla tajang, ammo nihoyatda haqparast odam edi. …Otamdan qattiq hayiqar edik. Otam biron marta tarsaki urgan emas. Otamni qattiq izzat qilishni onam o‗rgatgan. ―Hozir adang keladila, uyni supurib qo‗y‖, ―Adangni jahllari yomon, tinch o‗tiringlar‖, ―Adangni ketmoniga tegma‖, ―Adangni soatiga qo‗l tegizma…‖ Bilmadim, hozirgi zamonaviy oilalarda bu holat feodalizm bo‗lib tuyular, ammo bizning oilamizda ota sharafiga sig‗inish farzandlarga ziyon keltirganini eslay olmayman‖ 17 Adib o‗z onasini shunday xotirlaydi: ―Onam esa otamning aksicha nihoyatda yuvosh, juda mehribon edi. Qo‗shnining mushugi tug‗sa ham joni og‗rigandir deb achinar; ko‗chada biron bola yig‗lab o‗tirgan bo‗lsa, albatta, tepasiga borib boshini silar; biron sabab bilan biz bolalarni qarg‗asa, o‗zi ham yig‗lab yuborar, o‗sha zahoti ko‗nglimizni olishga harakat qilardi. U nihoyatda farishtali, diyonatli 17 Sharafiddinov O., Hoshimov O‘., Karimov N. va boshqalar. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. – T.: O‘qituvchi, 1999, 485- 487-betlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling