Konferensiyasi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
- MATERIALLARDAN FOYDALANISH MASALALARI. Dilfuza Shermatova Abdumajidovna
- Kalit so‟zlar
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. J.O. Tolipova, A.T. G'ofurov. Biologiya o'qitish metodikasi. O'quv-metodik qo'llanma. — Т.: «Bilim» 2004. “ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 79 2. Azimov va boshqalar. Biologiya. Metodik qo'llanma. — T.:, Abu Ali ibn Sino nomidagi Tibbiyot nashriyoti. 2007 “ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 80 BOSHLANG‟ICH SINF ONA TILI VA O`QISH DARSLARIDA TARQATMA MATERIALLARDAN FOYDALANISH MASALALARI. Dilfuza Shermatova Abdumajidovna Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani 41-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada ona tili va o`qish darslarida tarqatma materiallardan foydalanishdan asosiy maqsad o`quvchilarni bilimlar olamiga olib kirish, so`z sehrining jilolaridan bahramand etish hamda nutqiy malakalar ustida ishlash o`qitishning asosiy yo`nalishini tashkil etishi ekanligi haqida fikrlar yuritilgan. Kalit so‟zlar: Ko`rgazmalilik, priborlar, modellar, plakatlar, kartalar, chizmalar, sxemalar. Ko`rgazmalilikning o`quv jarayonida nihoyatda muhim ahamiyatga ega ekanligi to`g`risida kundalik kuzatishlar va kishilarning kundalik ish tajribalarigina emas (yuz marta eshitgandan bir marta ko`rgan yaxshi), balki maxsus tajribalar ham guvohlik beradi. Ko`rgazmali idrok katta imkoniyatlarga ega. Eslab qolishda ko`rgazmalilikning o`zi emas, balki ularning nutq va amaliy faoliyat bilan biriktirilishi eng yuqori samaradorlikka ega bo`ladi. O`qitishda qo`llaniladigan ko`rgazmali vositalarga quyidagilar kiradi: l. O`qituvchining namoyish qilishi, ekskursiya, sayr va hokazolar davomida o`quvchilar tanishadigan asl holidagi tabiiy obyektlar. - Real obyektlarni aks ettiruvchi maxsus tayyorlanadigan illyustratsiyatasviriy vositalar-plakatlar, sxemalar, tarqatma materiallar, rasmlar, fotosuratlar. - Ko`rgazmalilikning shartli-ramziy vositalari-kartalar, globuslar. - Tabiiy-matematik yo`nalishdagi priborlar, modellar. - Ko`rgazmalilikning texnik namoyish qilish vositalari-kino, diafilmlar, diapozitivlar. - Tovush, ko`rish-eshitish vositalari-video yozuv. Shundan ta`limning ko`rgazmali metodlarini ikki guruhga: illyustratsiya metodlari va namoyish qilish metodlariga ajratish mumkin. Illyustratsiya metodlariga-plakatlar, kartalar, chizmalar, sxemalar, tarqatma materiallar, rasmlar, fotosuratlar, jadvallar, grafiklar kiradi. Namoyish qilish metodlariga- priborlar, dinamik qo`llanmalar, texnik namoyish qilish vositalari-kino, diafilmlar, diapozitivlar, tovush, ko`rish-eshitish vositalari kiradi. Hamma maktab kabinetlarida plakat, tarqatma materiallar, karta va boshqa ko`rgazmali qurollarning turlari mavjud bo`lib, ular uchun maxsus joylar ajratilgan. Ularni tez topib olish uchun kabinetlarda maxsus ko`rsatkich-kataloglar mavjud bo`lishi kerak. Maktablarda bosma usuldagi didaktik materiallar, albomlar va shu kabi individual ko`rgazmali vositalar ham mavjud. Darslarda ko`rgazma vositalardan, tarqatma materiallar o`quvchilarning fikrlash faoliyatlarini, nutqiy muomalasini oshiradi. Ya`ni o`quvchi chuqur va mustahkam eslab hamda xotirada saqlab |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling