“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
90
DISKURS TIPLARINING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI
Ho„jayeva Xurshida
Lingvistika (o‗zbek tili) yo‗nalishi 2-kurs magistranti
Annotatsiya: Maqolada matn va diskurs tushunchalarini izohlangan. Diskurs
tiplarining pragmatik xususiyatlari izohlangan va tahlil qilingan.
Kalit so„zlar: Diskurs, matn, diskurning quyidagi tiplari ajratiladi: pedagogik,
siyosiy, tanqidiy, harbiy, diniy, iqtisodiy va h.k.
Jahon tilshunosligida matn muammolari tadqiqiga bag‗ishlangan ishlarning
ko‗pchiligida ―diskurs‖ termini ham bot-bot qo‗llaniladi. Bu termin matn lingvistikasi bilan
bir qatorda adabiyotshunoslik, sotsiologiya, siyosatshunoslik, falsafa, mantiq, psixologiya
kabi fan sohalarida keng ishlatilib kelinayotgan bo‗lsa-da, matn lingvistikasining o‗zida
ham yagona, ko‗pchilik tomonidan e‘tirof etilgan talqini, ma‘nosi yo‗q, xilma-xil farqli
tushunchalar ifodasi uchun istifoda qilinadi. Dastlab ―diskurs‖ va ―matn‖terminlari ayni bir
tushuncha uchun qo‗llangan bo‗lsa, keyinroq ―matn‖ yozma kommunikatsiyaga nisbatan,
―diskurs‖ esa og‗zaki kommunikatsiyaga nisbatan ishlatilgan. Bu so‗zning ma'nosi
fransuzcha discours - ―diskurs‖, ―so‗zlash‖demakdir.
4
Tilshunoslik terminlari lug‘atida
―diskurs‖ lot. discere — sarson-sargardon soʻzidan) — maʼlum bir ijtimoiy-madaniy
anʼanada ratsionallikning hukmron turi bilan tartibga solinadigan ong mazmunini
obyektivlashtirishning ogʻzaki ifodalangan shakli . Falsafiylashtirishning noklassik turi
dialektika hodisasini oʻziga xos qayta kashf etishni amalga oshiradi - ogʻzaki-kommunikativ
amaliyotlar kontekstidagi kabi (strukturalizm va poststrukturalizmdagi diskurs aktlarining
ijtimoiy-madaniy shartlanishini tahlil qilish; Habermasning diskurs talqini sifatida).
refleksiv diskurs aloqasi, bu uning aloqa ishtirokchilari uchun ahamiyatli bo'lgan barcha
jihatlarini talaffuz qilishning ichki tartib-qoidasini nazarda tutadi.
Diskurs so‗zi XX asrning 70-yillarida keng qo‗llanila boshlandi.
5
Diskursni
o‗rganishda uning klassifikatsiyasi masalasi yuzaga keladi. Eng avvalo, diskurs ifodalanish
vositasiga ko‗ra ikki, og‗zaki va yozma kabi boshlang‗ich guruhlarga bo‗linadi. Shu o‗rinda
diskursning uchinchi guruhini ham keltirish lozim: fikriy diskurs, bunda akustika ham,
grafik belgilar ham qo‗llanilmaydi. Fikriy diskurs ham kommunikativ qo‗llaniladi, lekin uni
kuzatish murakkab bo‗lganligi tufayli kam tadqiq etilgan. L.S. Visotskiy ichki diskursni
tadqiq etgan va fikriy diskurs masalasiga to‗xtalib o‘tgan.
Ko‗p hollarda diskurs turlari janr tushunchasi yordamida tushuntiriladi. Tilshunos M.
Hallidey diskursni uning parametrlari orqali, elementlari, mavzusi, uslublari orqali
xarakterlaydi. Diskurs tushunchasi ostida odamlarning ijtimoiy muloqotga kirishishi
Do'stlaringiz bilan baham: |