Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet113/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

 


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
120 
ADABIYOTLAR: 
 
1. O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonuni. // Barkamol avlod
O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: SHarq, 1997. 
2. Boshlang‘ich ta‘lim bo‘yicha yangi tahrirdagi o‘quv dasturi // Boshl. ta‘l. jurnali.
Toshkent, 2005. №5. 21- 33 – betlar. 
3. Rafiev. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi. T.: 2003. 


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
121 
KIMYO FANINI O`QITISHDA DIDAKTIK O`YINLARNING 
 O`RNI VA TURLARI 
Xojiyeva Komila Ravshanovna 
Farg`ona shahar 15-o`rta ta`lim maktabi 
o`qituvchisi,QDPI 1-kurs magistranti
Annotatsiya: maqolada kimyo fanidan o`qitish jarayonida didaktik o`yinlarning o`rni 
va turlari haqida mu`lumotlar keltirilgan. 
Kalit so`zlar: didaktik o`yin, didaktik o`yin turlari, didaktik o`yin talablari.
Zamonaviy o‘quv jarayonini insonparvarlashtirish, o‘quvchi shaxsiga murojaat qilish, 
uning yaxshi fazilatlarini rivojlantirishga, har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishga 
e‘tibor qaratish bilan tavsiflanadi. Shu munosabati bilan ta‘limning o‘yin shakllari, 
jumladan, didaktik o‘yinlar alohida ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda diqqat 
va xotirani rivojlantirish imkoniyatini beradi. O‘yin vazifalari zukkolik, topqirlikni 
rivojlanishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Aksariyat, didaktik o‘yinlar faqat aqliy, lekin kuchli 
irodali harakatlarni, ya‘ni tashkilotchilik, chidamlililik, o‘yin qoidalariga rioya qilish 
qobiliyatlarini talab qiladi. 
Didaktik o‘yinlar - har qanday fanni o‘qitishda ta‘lim berish vazifalarini hal etish 
maqsadida o‘yinli vaziyat yaratgan holda bilim olish uchun foydalaniladigan topshiriqlardir. 
Ular o‘quvchi va talabalarning mantiqiy fikr yuritishi va topqirligini kuchaytiradi hamda 
ularning fanga va yangiliklarga qiziqishini orttiradi. Bunday o‘yinlarning kimyo ta‘limida 
ham yaxshi samara berishi ma‘lum[1]. Afsuski, aksariyat umumiy o‘rta ta‘lim 
maktablarining kimyo o‘qituvchilarida bunday o‘yinlarning stsenariylarini tuzish va ulardan 
amalda foydalanish malakasi yetishmaydi. SHu boisdan taklif qilinayotgan mazkur didaktik 
o‘yinlar umumiy o‘rta ta‘lim maktab kimyo kursini o‘qitishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularni 
qo‘llashdan asosiy maqsad o‘quvchilarning o‘z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o‘zligini 
namoyon etish, ijodiy yondashuv va mantiqiy fikr yuritish, jamoaviy muloqat qilish 
madaniyatini shakllantirishdan iborat. 
O‘qitish 
samaradorligi 
muammosi 
o‘quvchilarning 
faolligi, 
mustaqilligi, 
o‘rganilayotgan fan asoslarini o‘rganishga bo‘lgan ongli intilishlari bilan chambarchars 
bog‘liq bo‘lib, ularning ta‘lim jarayonida kognitiv motivlaridan kelib chiqadi. Kimyoni 
o‘rganish jarayonini rag‘batlantirishning samarali vositasi didaktik o‘yindir[2]. 
Fan o‘qituvchisi o‘yin tanlashda darsga ajratilgan vaqt, o‘quvchilarning tayyorgarligi, 
o‘quv materiallarining mazmuniga alohida e‘tibor qaratishi lozim. Dars jarayonida o‘yinlarni 
amaliyotga tadbiq etishda suhbat, ko‘rgazmali, amaliy usullardan foydalanish mumkin. 
Mashg‘ulot yakunida o‘yin natijalari tahlil qilinadi. O‘quvchilarga kerakli tavsiyalar 
beriladi. Demak, ta‘lim jarayonida pedagogik o‘yinlardan foydalanish o‘qituvchidan 
ijodkorlik, tashabbus va kasbiy mahoratni talab qiladi. Bu esa dars samaradorligini oshirishda 
asosiy omil hisoblanadi[3, 4, 5]. 



Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling