Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 124 savollar, javoblar, shaxsiy xayotiy kechinmalar va ularning muxokamasi orqali amalga oshiriladi. Syujetli (rolli) o‘yin. Boshqa o‘yinli texnologiyalardan farq qilib, faraz qilinadigan vaziyatni saxnalishtiriladi, o‘quvchilar esa belgilangan rollarni o‘ynashadi. Garchi ma‘ruza, munozarali, yozma ish kabi o‘qitish metodlari bilan xam o‘quvchilarga faktik materiallarni va zarur nazariy masalalarni muvofaqqiyatli yetkazib berish mumkin, ammo, o‘yinli tarzda olib noan‘anaviy bo‘lsa, ikkinchidan vaziyat ikki tomonlama (xam qiziqarli xam ilmiy) olib boriladi. Rolli o‘yin eksperimental ta‘limning eng noyob usullarini o‘zida namoyon qiladi, ya‘ni u o‘quvchilarga oldindan ma‘lum bo‘lmagan va qiyin vaziyatlarni xal qilishga yordam beradi. Boshqa tomondan an‘anaviy metodlar shaxsiy muomala va aloqa o‘rnatish ko‘nikmalarin to‘ldirishga extiyoji mavjud. O‘quvchi qanchalik ko‘p o‘qishi va kuzatishi mumkin lekin, baribir malakalarini rivojlantirish uchun o‘zaro aloqaga chiqishlari kerak[8]. Rolli o‘yin asosan (CHesler va Foks qarashlari): -o‘quvchiga yashirin xissiyotlarini namoyon qilishga yordam beradi; -o‘quvchiga atrofidagi voqea xodisalarga barcha sezgilari bilan kirishish va ularning sabab-moxiyatlarini tushunishga yordam beradi; -muomalaning turli ko‘rinishlarida mashq qilish imkoniyatini beradi; -rasmiy va norasmiy tarzda umumiy ijtimoiy muammolarni gurux faoliyatida yoritib berish. Musobaqalashish o‘yini – o‘zida yuqorida keltirilgan didaktik o‘yin elementlarini xam aloxida xam umumiy ifodalashi mumkin. Bu turdagi o‘yinni o‘tkazishda o‘quvchilar o‘zaro musobaqa olib boradigan guruxlar yoki komandalarga bo‘linishadi. O‘yinning o‘ziga xos tomoni shundaki, u bir vaqtning o‘zida o‘zaro kurash va o‘zaro xamkorlikni amalga oshiradi[9]. O‘yin faoliyatida asosan, musobaqalashish elementlari yetakchi o‘rinni egallaydi. Musabaqa tarzidagi o‘yinlarda faqatgina qiziqarli materiallarni emas, balki, o‘quv dasturlarida mavjud bo‘lgan bir muncha qiyinroq topshiriqlarni keltirib, uni xal qilish mumkin. Aynan shu tomoni boshqa didaktik o‘yinlardan pedagogik qimmati va afzalliklari bilinib turadi. O‘yinning barcha turi amalda mustaqil va bir birini to‘ldiruvchi bo‘lib xizmat qiladi. Barcha o‘yinlarni va ularni turli variantlarini amalda qo‘llash o‘quv materialiga, o‘quvchi yoshiga va boshqa pedagogik omillarga asoslangan xolda tanalanadi. O‘yin – inson faoliyatining eng faol shaklidir. Ta‘limdagi o‘yinning ko‘p tizimli bo‘lishi unga bo‘lgan qiziqishni kuchayishirib, o‘yinlarni tanlash imkoniyatini oshirmoqda. O‘qitishning bunday modeli an‘anaviy o‘qitish bilan taqqoslaganda ancha perspektiv (kelajakda tez irvojlanadigan) dir. Download 160 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling