Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet119/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
127 
4. Tovush paychalarining ishtirokiga koʻra. 
Hosil boʻlish oʻrniga koʻra yana 3 guruhga boʻlinadi: 
a) lab undoshlari: b, p, m, v, f 
b) til undoshlari: g, dj, j, z, y, k, l, n, ng, r, s, t, x, q, g‘, sh, ch, ng 
d) boʻgʻiz undoshi: h 
Hosil boʻlish usuliga koʻra 2 guruhga boʻlinadi: 
a) portlovchi: j, m, n, ch, ng, q, p, d, g, k, t, b 
b) sirgʻaluvchi: v, f, s, z, y, r, sh, x, l, gʻ, x, h, dj 
Ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra 2 guruhga: 
a) shovqinlilar: b, d, g, gʻ, sh, dj, f, h, j, k, p, q, s, t, v, x, z, ch 
b) sonorlar: l, m, n, r, ng, y 
Tovush paychalari ishtirokiga koʻra: 
a) jaranglilar: b, v, z, d, j, ch, g, gʻ, y, m, r, l, ng, n 
b) jarangsizlar: p, f, s, t, sh, ch, k, x, h, q 
Albatta, undoshlarni farqlovchi belgilar asosida yanada koʻproq guruhlarga boʻlgan 
filologlar ham yoʻq emas. Masalan, oʻzbek konsonantizmlarini hosil boʻlish usuliga koʻra 
uch guruhga boʻlib, uchinchi guruh sifatida portlovchi-sirgʻaluvchi yoki boʻlmasa afrikatlar 
sinfi deya deya izohlovchi filologlar ham bor. H.Jamolxonovning ―Hozirgi oʻzbek adabiy 
tili‖ darsligida ―Ch‖ undoshiga qorishiq-portlovchi afrikat undosh deb ma‘lumot berilsa 
[2.68], Abdulhamid Nurmonov esa sirgʻaluvchi afrikat deya ma‘lumot keltirib oʻtadi 
[1.194]. 
Ushbu tovushga yuqorida keltirib oʻtgan ma‘lumotlarimizga zid ravishda boshqa 
ma‘lumotlar ham yoʻq emas. Maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan 5-sinf ona tili 
darsligida ―ch‖ tovushini portlovchi undosh deya ma‘lumot berilgan. Yuqoridagi 
ma‘lumotlarga tayanib, fikrlarimizni berib oʻtsak. ―Сh‘‘ fonemasini portlovchi undosh 
sifatida qabul qilish toʻgʻri boʻladi deb oʻylaymiz. Endi ovoz va shovqinning ishtirokiga 
koʻra shovqinlilar va sonorlarga boʻlingan tovushlarga toʻxtalib oʻtsak. ―l, m, n, ng, r, y‖ 
tovushlari sonor tovushlar hisoblansa, qolgan tovushlar shovqinlilardir. 
Sonorlarni biz sonantlar [5] ham deb ataymiz. Sonorlarda hatto boʻgʻin hosil qilish 
xususiyati ham bor. 
Masalan: zayl (za-yil), mayl(ma-yil), shakl(sha-kil).[ 2.62] 
Sonorlar talaffuz etilganda ovoz shovqinga nisbatan koʻproq boʻlgani uchun shunday 
fikr yuritiladi. Lekin bu ma‘lumot oʻzbek vokalizm sistemasi uchun xos emas, deb 
oʻylaymiz. Negaki, oʻzbek tilida faqatgina unlilar boʻgʻin hosil qila oladi. 
Bundan tashqari sonorlar soni tilshunoslik kitoblarida turlicha beriladi hamda 
filologlar tomonidan turlicha tavsiflanadi. Hozirgi oʻzbek adabiy tilida m, n, ng, l, r, y 
undoshlari sonor tovushlar (sonantlar) hisoblanadi [2.61]. M, n, ng, l, r undoshlari barcha 
adabiyotlarda sonor deya qayd etilgan. Y undoshi esa ba‘zi bir adabiyotlarda sonor undosh 
deb ma‘lumotlar berilgan. Taniqli turkolog E.V.Sevortyan oʻzbek tili sonorlari qatoriga ―v, 
g‗‖ undoshlarini ham kiritadi. ―V‖ undoshining sonantligi S.Otamirzayeva va A.Abduazizov 
ishlarida qayd etilgan. Mirtojiyev sayoz til orqa «ng» dan tashqari chuqur til orqa shu 
tovushga yaqin tovush borligi haqida ma‘lumotlar keltiradi, ammo «y» undoshini sonorlar 



Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling