“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
142
agar partiyalar ijrosida soz bo‘lmasa, ansambl ham bo‗lmaydi. Xorda to‗liq ansamblga
erishish xor ijrochilarining asosiy vazifalaridan biiridir.
Xor sozi. Soz – tovushlar balandligidir ya‘ni interval va akkordlarning to‗g‗ri talaffuzi
desak mubolag‘a no‗lmaydi. Xorning sozi tabiiydir va xor partiyalarining o‗zaro intanatsion
munosabat bilan bog‗liq.
Soz har bir musiqiy ijroning omillaridan biri. Sozsiz musiqa asbobibi
eshitolmaganimizdek xorni ham, orkestr ijrosini ham tinglay olmaymiz. Xor sozining yana
bir omili xor ijrochilarini vokal tarbiyalashdir. Solfedjio orqali xonandalar ijrosini
rivojlantirish. A‘capella asarini og‗izni yumgan holda kuylash, garmonik eshitish
qobiliyatini o‗stiradi va albatta major va minor gammalari, uchtovushliklarini aniq ravshan
sadolari ustida ish olib boriladi. Bundan kelib chiqgan holda xor sozi intonatsiya bilan uzviy
bog‗liq bo‗ladi. Xorda toza intonatsiyasiz soz bo‗lmaydi.
Intonatsiya (lot. inota – qattiq talaffuz qilaman) ma‘nosini bildiradi. Tovushni ovoz
bilan aniq yuqori talaffuz qilish uchun nafasni aniq olish, o‗z vaqtida ushlab, keyin ovoz
chiqarish, tovush va eshitish qobiliyatini to‗g‗ri yo‗naltirish.
Asarning g‗oyaviy mazmunini ochib beruvchi vosita bu badiiy-ifoda
vositalar hisoblanadi. Agar xor yaxshi intonatsiya va sozga, ansamblga va so‘z
talaffuziga, vokal-xor texnikasiga ega bo‘lsa ammo ijro badiiy-ifodaga ega bo‘lmasa unda
asarning g‘oyaviy mazmuni tinglovchilarga yetib bormaydi. Xorda olib boriladigan barcha
masalalar badiiy ifoda ijrosi bilan chambarchas bog‗liq. Asar mohiyatini ifodali ijro ochib
beradi. Ijroda badiiy-ifoda tinglovchini qalbini hayajonga to‘ldiradi va ma‘naviy ozuqa
beradi. Badiiy-ifoda vositalari: dinamika, ritm, temp, jumlalashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |