Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet164/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
174 
faqat shul Otabekdir (Abdulla Qodiriy, ―O`tkan kunlar‖); Uyatsiz! Yosh qizga tikkan 
ko`zlaringni o`yib olaman! (Oybek, ―Qutlug` qon‖). 
Ko`z tikmoq iborasi birinchi gapda ijobiy, keyingi gapda esa salbiy ma`noda 
qo`llangan. Demak, ham ijobiy, ham salbiy ma`noda birdek ishlatila oladi. 
Nutqiy frazeologik enantiosemiya nutqiy vaziyat bilan bog`liq. Kontekstda ibora 
anglatgan ma`nosiga qarama-qarshi ma`no namoyon bo`ladi. Masalan, yaxshi ko`rmoq 
iborasi ―biror narsa yoki kishini yoqtirmoq‖ va ―biror narsa yoki kishini yomon ko`rmoq‖ 
ma`nolarida nutqiy enantiosemiyani hosil qiladi: O‗sha kishidan Anvar degan bir bola 
qolgan, shu Muhayyo degan bir juvonni yaxshi ko‗rib qolibdi...(A.Qahhor, ―Muhabbat‖); 
Hasancha bizning sinfdoshimiz edi. Kattalar uning otasini qancha ―yaxshi ko`rsa‖, biz ham 
Hasanchaga shunday edik…Birga o`qib,yonma-yon birga yurgan odamingiz to`satdan 
oldinga o`tib, nom qozonsa−kimga yoqibdi, ayting!(E.A`zam, ―Guli-guli‖). 
Frazeologik birliklarning enantiosemiyasi leksik enantiosemiyaga qaraganda 
murakkabroq hodisadir. Buning sababi frazeologik strukturaviy va semantik xususiyatlarni 
aylantiradi, so'zlarga qaraganda ko'proq o'ziga xosdir
3
. Leksik enantiosemiyadek 
frazeologik enantiosemiya ham to`liq va qisman enantiosemiyaga ajratiladi. Abatta, bunda 
ma`nolardagi zidlikning bir mavzu ostida bo`lish yoki bo`lmasligi, farqli semalarning o`zaro 
mos kelishi muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi o`zbek tilidagi yurag(i) qinidan chiqayozdi 
somatik iborasining tashvishlanib, betoqat bo`lmoq va sevinchdan kuchli to`lqinlanmoq
4
ma`nolarida (to`liq) simmetrik enantiosemiya kuzatiladi. Qiyoslang: Qo‗rqmayman deb 
bo‗lmaydi, o‗g‗lim. Shunaqa vaqtda odamning yuragi qinidan chiqib ketadi (Abdulla 
Qahhor); Qizning paranjisini ko‗rishi bilanoq yigitning yuragi qinidan chiqayozdi (Oybek). 
Demak, bu ibora qattiq hayajonlanishni anglatadi, integral semasi bir mavzuviy 
munosabatda, ya`ni ―kishi ruhiy holati‖ni ifodalaydi. Differensial semasi esa 
―tashvishlanmoq‖ va ―sevinmoq‖ so`zlarida namoyon bo`ladi. 
Simmetrik enantiosemiyadagi zidlanish to`liq, bir mavzu ostida bo`lishi, to`g`ridan 
to`g`ri zidlanishi lozim. 
Asimmetrik enantiosemiya esa ma`noviy zidlikning nomuvofiqligiga asoslanadi. 
Hozirgi o`zbek tilidagi ko`ngli buzuq iborasining anglatgan ma`nolari doirasida ham 
asimmetrik enantiosemiyani ko`rish mumkin. Mazkur ibora fikri, niyati yomon, yomonlik 
qilishni o`ylovchi va g`amgin, ruhan ezilgan, ko`ngli yarimta ma`nolariga ega. Garchi bu 
ibora insonning ruhiyati bilan bog`liq bo`lsa-da, ma`nolar qurshovidagi zidlik to`g`ri, 
yaqqol ko`zga tashlanmaydi. Masalan, Nafsi yomon himmatsizlarni, ko`ngli buzuq 
qo`rqoqlarni majlisimdan quvib yubordim (A.Temur); Kimki bir ko`ngli buzug`ning xotirin 
shod aylagay, Oncha borkim, Ka`ba vayron bo`lsa, obod aylagay (A.Navoiy). Dastlabki 
gapdagi ko`ngli buzuq iborasi anglatgan salbiy ma`no keyingi gapda to`g`ridan to`g`ri
zidlanmay, g`amgin, ko`ngli yarimta semasidan anglashilgan. Bu semadan yaxshi inson 
haqida so`z yuritilyapgani ko`rinib turibdi. Demak, yomon va yaxshi ma`nolari 
enantiosemiyani hosil qilgan. 
3
. КРАВЦОВА Виктория Юрьевна.ЭНАНТИОСЕМИЯ ЛЕКСИЧЕСКИХ И ФРАЗЕОЛОГИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ: ЯЗЫК И РЕЧЬ: 
Автореферат дисс. …Волгоград,2006. 8-9- б. 
4
. Раҳматуллаев Ш. Фзбек тилининг изохли фразеологик луғати.−Тош.:Укитувчи нашриёти,−1978.−276-б. 



Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling