“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
193
TA‟LIM MAZMUNINI INSONPARVARLASHTIRISHDA O`QITISH
TAMOYILLARI VA METODLARINING O`ZARO ALOQADORLIGINI
TA‟MINLASH YO`LLARI VA ASOSIY TALABLARI
Eshmirzayeva Muhayo Zayriddin qizi
Navoiy davlat pedagogika instituti
Ta‘lim muassasalari boshqaruvi 2- kurs magistranti
Annotatsiya: ushbu maqolada ta‘lim mazmunini insonparvarlashtirishda o`qitish
tamoyillari va metodlarining o`zaro aloqadorligini ta‘minlash yo`llari va asosiy talablari
xususidagi fikrlar keltirilgan.
Kalit so‟zlar: ta‘limning insonparvarlashuvi, insonparvarlik g‘oyasini shakllantirish,
aspekt, insonparvarlashtirishda gumanitar tamoyillar.
Аннотация: В данной статье представлены идеи и способы обеспечения
взаимообусловленности принципов и методов обучения при гуманизации содержания
образования.
Ключевые слова: гуманизация образования, формирование представления о
человечности, аспект, гуманитарные начала в гуманизации.
Annotation: This article discusses the main requirements and ways to ensure the
interdependence of teaching principles and methods in the humanization of educational
content.
Keywords: humanization of education, formation of the idea of humanity, aspect,
humanitarian principles in humanization.
Та‘limning insonparvarlashuvi - inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta‘limga
nisbatan bo‗lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy
qadriyatlar ustuvorligining ta‘minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o‗zaro
munosabatlarining uyg‗unlashuvidir»[1]. Ta‘limni insonparvarlashtirish ta‘lim va
tarbiyaning insonparvarlik vazifasini amalga oshirishning muhim omillaridan biridir. U
tashkiliy, uslubiy, huquqiy-me‘yoriy, pedagogik-psixologik tadbirlami o‗z
ichiga qamrab
oladi. Bunday tadbirlar majmudsi insonparvarlik g‗oyalarining va ta‘lim-tarbiyadagi
gumanitar vosita va uslublaming tabiiy ilmiy va texnik bilimlar doirasiga kirib borishni
ta‘minlashga va shular orqali tafakkuming texnokratik usulini yengib o‗tish va bartaraf
qilishga qaratiladi. Ta‘limni insonparvarlashtirishning bosh maqsadi —
ilmiy - texnik
bilimlaming gumanitar ta‘lim bilan chambarchas birligini va o‗zaro bog‗liqligini
ta‘minlashdan iboratdir. Mustaqil O‗zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida ta‘limning
insonparvarlik va tarbiyaviy vositalariga, jahon ta‘lim tizimining ijobiy tajribalari va
yutuqlariga diqqat-e‘tibor kuchaydi. Shunga ko‗ra, ayrim olib borilgan tadqiqotlar:
N.E.Jumayevaning[2] hamda O.N.Ibodullayevaning [3] nomzodlik dissertatsiyalarida
insonparvarlik
g‗oyasini
shakllantirishning
pedagogik
asoslarini
va
ta‘limni
insonparvarlashtirishda o‗qitish tamoyillari va metodlarining o‗zaro aloqadorligini ifodalab
berishgan. Ta‘limni (gumanitarlashtirish) insonparvarlashtirish bo‗yicha
muhim tadbirlar