Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 192 opera, balet, musiqali drama va komediya, xor hamda Estrada qo‘shiqlari bilan o‘zbek musiqasi rivojiga katta hissa qo‘shdi. Xorij musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanish davri asosan XVI – XVII asrlarga to‘g‘ri keladi. Unda yashab ijod qilgan buyuk kompozitorlarning xorij musiqa madaniyatiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Xorij musiqa madaniyatining umum tarixiy shart – sharoitlari, g‘oyaviy estetik qarashlari musiqiy hayot ta‘lim ijrochilik san‘atining eng yorqin, sermahsul asarlarning yaratilishi iste‘dodli xorij kompozitorlarining tarixiy voqealarga bo‘lgan munosabatlarida o‘z aksini topgan. Xorij kompozitorlari yaratgan tarixiy ijod namunalari yuksak madaniyatga ega bo‘lgan klassik musiqa va jahon musiqasi rivojlanishida o‘chmas iz qoldirdi. XVII asrga qadar G‘arbiy Yevropada asosan cherkov va cherkovga aloqador bo‘lmagan dunyoviy musiqa yaratilar edi. Cherkov musiqasi bir ovozlik va ko‘povozlik xor asarlari ko‘rinishida rivojlanardi. Xalq musiqasi esa faqatgina sayyor xonanda va sozandalar tomonidan ijro etilar edi, xolos. Keyinchalik esa xalq musiqasining musiqiy janrlari, badiiy yo‘nalishi, ijrochilik uslubi rivojlanib, yangi chuqur mazmunga ega bo‘ldi. XVII - XVIII asrlarda opera san‘ati paydo bo‘ldi. G‘arbiy Yevropada musiqa adabiyoti opera janri vujudga kelgan davrdan boshlab gurkirab butun dunyoga mashhur bo‘ldi. G‘arbiy Yevropaning yirik kompozitorlaridan I. S. Bax, Yozef Gaydn, V. A. Mosart, L. V. Betxoven, Frans Shubert, Fridrix Shopen, Frens List, Juzeppe Verdi, Jorj Bize, Edvard Grig ijodining badiiy betakrorligi bilan jahon musiqa madaniyatining rivojlanishiga o`lkan hissa qo‘shdilar. XVII asrning birinchi yarmida cholg‘u musiqasi tarixida yangi davr boshlandi. Bu vaqtga kelib musiqiy san‘at demokratlashtirildi. Unda keng omma uchun o‘z eshiklarini ochgan orkestr kapellalari, konsert tashkilotchilari kabi demokratik madaniyat o‘choqlari vujudga keldi. Shunday qilib G‘arbiy Yevropada musiqa nazariyasi XVI – XVII asrlarda ya‘ni klassizm davrining boshlanishi bilan bog‘liq holda shakllangan. Xulosa qilib aytganda, musiqa nazariyasi bir necha asrlar davomida shakllanib, rivojlanib kelgan fan hisoblanadi. Shu bilan birga musiqa madaniyatining strukturasi va ilmiy – metodik yutuqlari boshqa millatlarning musiqa madaniyatiga ham ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Download 160 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling