Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet183/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
194 
belgilanmoqda. Biroq bu harakatlar muayyan obyektiv sabablarga ko‗ra, to‗siqlarga 
uchrashi ham tabiiydir. Chunki jamiyatda pul-tovar, mulkchilik munosabatlarining tubdan 
o‗zgarishi ommaning ruhiy - psixologik holatida, uning ongi va dunyoqarashida jiddiy 
o‗zgarish yasaydi, ayrim hollarda shaxsning ma‘naviy-axloqiy me‘yorlarining buzilishiga 
va buning oqibatida insonparvarlik tamoyillariga to‗g‗ri kelmaydigan omillaming sodir 
bo‗lishiga olib kelishi ham mumkin. 
Ta‘lim jarayonida o`quvchi-yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashda o`qitish 
tamoyillari, shakl va metodlarini o`zaro aloqador bir butun, yaxlit tarzda olib borish 
muhimdir. Shuning uchun ham hozirgi davrda ta‘lim sohasida eng muhim vazifalardan biri 
zamon talablariga javob beradigan yangi yo`nalish-larni, o`qitish tamoyili hamda 
metodlarini qo`llashda bir qolipdagi ish uslubidan voz kechib, o`qitishda o`quvchilarni 
fikrlashga, erkin muloqotga intilishini paydo qilish asosiy talablardan sanaladi. Mazkur 
talablarni amalga oshirishda ta‘lim jarayoni har bir o`quvchini chuqur ma‘lumotga ega, 
haqiqiy vatanparvar, xushmuomala, mehr-oqibatli, o`z qadr-qimmatini biladigan va 
o`zgalarni ham qadrlaydi-gan inson qilib shakllantiradi. Bunda o`qituvchi va o`quvchi 
munosabati, o`qituvchining o`qitishga yangicha yondoshuvi, ta‘lim jarayonini 
insonparvarlik talabi asosida qursagina kutilgan natijaga erishiladi. 
Ta‘lim jarayonini insonparvarlashtirishning ikki aspektini ajratish mumkin: 
• ta‘lim mazmunida inson, insoniyat, insoniylik to‗g‗risidagi bilimlar hajmini 
kengaytirish, insonparvarlik yo‗nalishidagi o‗quv predmetlarini belgilab berish; 
• ijtimoiy-gumanitar o‗quv predmetlarini o‗qitish sifatini yaxshilash. 
Xulosa o‘rnida shuni ta‘kidlash joizki, hayotimizning barcha sohalari kabi ta‘lim 
tizimini ham modernizatsiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‗lib 
qolmoqda. Innovatsion ta‘lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to‗liq mosligini 
ta‘minlash yoshlarimizni bugungi tez o‗zgaruvchan ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli 
ijtimoiylashtirishning muhim omilidir. Uzluksiz ta‘lim tizimining tuzilmasi hamda 
mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajriba asosida takomillashtirishni ko‗zda 
tutadi. Buning uchun, avvalo, barcha ta‘lim muassasalaridagi dars jarayonlarini ilg‗or, ilmiy 
- uslubiy jihatdan asoslangan zamonaviy uslubiyot bilan ta‘minlash lozim. Yosh avlodga 
ta‘lim-tarbiya berishning maqsadi, vazifalari, mazmunini yangilash tizimi oldida turgan 
dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Barchamiz bugun chuqur anglab oldikki, faqatgina 
zamonaviy asosda ta‘lim-tarbiya olgan, jahonning manaman degan mamlkatlaridagi 
tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va ma‘naviy jihatdan barkamol yoshlar biz 
boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko‗tarishga qodir bo‗ladi. 
Har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni yetishtirish uchun albatta malakali, o‘z 
mutaxassisligini chuqur egallagan o‘qituvchilar zarur. Shuning uchun hozirgi kunda 
o‗qituvchilar va o‘quvchilar oldiga juda ko‗p vazifalar qo‗yilmoqda. 

Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling