Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet191/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
204 
ayol bo‘lgani uchun mahalla-kuyda uni yosh-u qari baravar hurmat qilardi. Odamlar 
o‗rtasida bu ajoyib inson ―Poshsha Oyi‖ degan nom bilan shuhrat topgandi.‖
18
―Dunyoning ishlari‖ qissasini bir qarashda kitobxon avtobiografik asarga o‗xshatadi. 
Unda muallif o‗z onasi, urush yillarida kechgan bolaligi to‗g‗risida hikoya qiladi. Lekin 
yozuvchining asosiy maqsadi o‗zi uchun eng aziz siymo – onasi bilan bir qatorda dunyodagi 
barcha onalarning aniq portretini chizish, ularning hayot yo‗lini bayon etish, har bir onaning 
sha‘niga maqtovlar aytib, xotirasini abadiylashtirish edi. ―Dunyoning ishlari‖ qissasi 
qahramoni ya‘ni muallif onasiga tirikligida yetarlicha e‘tibor bera olmaganligidan, mehr-
muhabbat k‘rsata olmaganligidan aziyat chekadi. Qissa tarkibidagi har bir hikoyalar kishini 
befarq qoldirmaydi. Ularda farzand uchun har qanday mashaqqatga jon fido qilishga tayyor, 
sharqona axloq-odob qoidalarini o‗zida mujassam etgan ona madh etiladi. Barcha hikoyalar 
mazmuni ona obrazi tufayli yaxlitlik kasb etib asar ortiqcha maishiy tavsilotlar
jimjimadorlikdan xoli. Shu tufayli katta qiziqish va hayajon bilan o‗qiladi. Bu qissa ulug‗ 
adibimiz, O‗zbekiston Qahramoni Said Ahmad aytganidek, ―… dostondek o‗qiladi. Uni 
o‗qib o‗z onalarimizni o‗ylab ketamiz…‖ Ijodkor o‗z maqsadiga erishdi deb bilamiz. 
Chunki ijodkor ahli va kitobxonlar tomonida yuksak e‘tirof, olqishlarga sazovor bo‘ldi. 
―Dunyoning ishlari‖ qissasi ko‗p jihatdan ijodkorning yirik asari ―Ikki eshik orasi‖ 
romaniga poydevor bo‗ldi. Ushbu qissa yozuvchining onasi vafoti bilan boshlanib uni 
qabrga qo‗yish bilan yakunlanadi. Xuddi shuningdek, ―Ikki eshik orasi‖ romani ham 
Muzaffarning onasi Ra‘noning vafoti haqidagi telegramma xabari bilan boshlanib, 
qahramonning Qo‗qonga avtobus bilan yetib borishi bilan tugaydi. ―Ikki eshik orasi‖ 
romanida Muzaffar Shomurodov Ra‘no onasi bilan birga butun No‗g‗oyqo‘rg‗onliklarning 
urush va undan keying hayot xotiralarini yod etilishi, muallif uslubi tabiiyligi va 
samimiyligi bilan ajralib turadi. Urush yillaridagi birgina hudud No‗g‗oyqo‗rg‗on va undagi 
insonlar hayotini tasvirlar ekan, yozuvchi qiyinchiliklarni xas-po‗shlamasdan qalamga oladi. 
Urush voqealari zamirida urush qatnashchilari va front orti fidoiylarining ichki kechinmalari 
mahorat bilan ochib berilgan. 
Inson adabiyotning tasvir predmeti ekan, insonning ruxiyatisiz uni yaxlit, bir butun 
holatda tasavvur qilish mumkin emas
19
. Asarda inson ruxiyati har bir obraz va voqealarda 
ortiqcha bo‗rtirishlarsiz bor holicha tasvirlanib, asarga o‗zgacha rux, salmoqli 
umumlashmalar bilan ifodalangan. Inson ruxiyatini badiiy psixologizm yordamida o‗ziga 
xos uslubda tasvirlab bergan ijodkor ayol obrazi, ona obrazlariga alohida e‘tibor qaratib 
ulardagi samimiy tuyg‗u va iztiroblarini huddi o‘zi ko‘rib bilib turganidek kitobxonga ham 
yetkazgan. Romandagi Qora amma, Xolposh xola, Nazokat xola, Ra‘no, Bashorat kabi ona 
obrazlari va xatto eng kichi epizodik tasvirlarda ham onaning farzandga bo‗lgan cheksiz 
mehr-muhabbati yuqori pardalarda tasvirlanib, tasirchang hikoya etilgan. Xususan, 
―Noma‘lum askar Kimsan Xusanov hikoyasi‖ da keltirilgan asir ayolning farzandi uchun 
yashashga intilishi va uning jasoratini aqlga sig‗dirish qiyin. Nemis fashistlari asirlar ustida 
tajribalar o‗tkazar ekan, o‗z ixtirolarini sinovdan o‘tkazish jarayonida roppa-rossa 35 daqiqa 
(faqat ona bardosh bergan) kashf etgan dori kuchidan xursand bo‗lishadi. Ammo asir 
18
Duysenboyev O. O‘tkir Hoshimov asarlarida xarakter dramatizmi. Til va adabiyot ta’limi.2007-yil.-N
o
3. 23-27-betlar. 
19
Umurov H. Qahramon ma’naviy olami va epiklik. -T.: Fan, 1995.4-bet. 



Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling