Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 260 Hozirgi kunda O‘zbekistonda ham SMM rivojlanmoqda. Foydalanuvchilar 2019 yilga nisbatan 49% oshdi: Shuning uchun ham SMM xizmati hammaga mos keladi: katta kompaniyalar, Internet-do‘konlar, xizmatlar va ommaviy axborot vositalar uchun. SMM ishining asosiy maqsadi (har qanday reklama kabi) – biznesga ko‘proq pul olib kelishdir. Uning uchun har xil usullar qo‘llanadi: Facebook, Telegram va Instagram tarmoqlaridan xaridor topishadi. Buning uchun brendni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulotlarini reklama qiladilar (SMM targeting), kontent marketingidan foydalanadilar yoki sheriklar bilan bog‘lanadilar. SMM haqida yana bir narsani ta‘kidlash joizki, uning tarkibiy qismlaridan biri bu ijtimoiy tarmoqlarni optimallashtirish (SMO – Social Media Optimization). SEO xizmati kabi, SMO ham veb-saytga yangi va noyob tashrif buyuruvchilarni jalb qilish strategiyasidir. Bunday ma‘lumot va ko‘nikmalarni o‘quvchi o‘zlashtirishi uchun uy vazifasi sifatida o‘zi yagona brend va logotip yasashni uy vazifasi sifatida berish, o‘quvchini kreativ fikrlashga majburlaydi. Bundan tashqari darslarda qiziqarli, mashhur brendlar tarixi haqidagi ma‘lumotlar ham o‘quvchini kreativ fikrlashga undaydi, bilimlarini oshirib boradi. Masalan, Apple Inc. — maishiy elektronika, kompyuter dasturlari va onlayn xizmatlarga ixtisoslashgan Amerika koʻp millatli texnologiya kompaniyasi. Apple daromadi bo'yicha eng yirik axborot texnologiyalari kompaniyasi va 2021 yilning yanvaridan buyon dunyodagi eng qimmat kompaniya hisoblanadi. Google LLC — onlayn reklama texnologiyalari, qidiruv tizimi, bulutli hisoblash, dasturiy taʼminot va apparat vositalarini oʻz ichiga olgan Internet bilan bogʻliq xizmatlar va mahsulotlarga ixtisoslashgan Amerikaning koʻp millatli texnologiya kompaniyasi. Demak, o‘quvchini kreativ fikrlashga majburlash va undash yangi g‘oyalarni paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. Download 160 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling