Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 256 xomashyoning yoki qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining narxi, aksiya va obligatsiyalar kursi, valyuta kursi, fond indekslari, foiz stavkalari va boshqalar hisoblanishi mumkin. Muddatli bozor ikkita muhim funksiyalarni, tadbirkorlarning kelgusidagi rejalarini boshqalarniki bilan muvofiqlashtirish va iqtisodiy holat noaniqligida narx bo‗yicha risklarni sug‗urtalash funksiyalarini bajaradi. Modomiki, hosilaviy qimmatli qog‗ozlar moliyaviy risklarni kamaytirishda samarali usul hisoblanadi, ular moliyaviy institutlarga shartnomalar orqali risklarni xedjirlash imkonini beradi, buning natijasida esa risklar kamayadi yoki yo‗qoladi. Muddatli bozorda savdo qilinadigan instrumentlarning shakliga ko‗ra ularni quyidagi ko‗rinishlarini ajratib ko‗rsatishimiz mumkin: - forvard shartnomalari; - fyuchers shartnomalari; - opsion shartnomalari; - svoplar. Forvard shartnomalari bu ikki tomonning kelishuvi bo‗lib, unga ko‗ra bir tomon sotish majburiyatini olsa, ikkinchi tomon esa kela¬jakda amalga oshirishga kelishilgan ma'lum bir muddatda va o‗rnatilgan narxda bazis aktivlarni olish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Forvard shartnomalari birjadan tashqari amalga oshiriladi va uni tuzish vaqtida kontragentlar biron bir xarajat qilishga majbur emas. Fyuchers shartnomalari forvard shartnomalariga o‗xshash keli-shuvdir. Fyucherslarning o‗ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu instrument standartlashtirilgan bo‗lib, u faqatgina birja savdolarining obyekti sifatida nomoyon bo‗ladi. Amaliyotda fyuchers shartnomalarini sotib olish va sotish orqali risklarni xedjirlash mumkin. Opsion shartnomalari ikki tomon o‗rtasidagi shartnoma bo‗lib, u uning egasiga qimmatli qog‗ozlarni yoki tovarlarni bitimda qayd etilgan narxda belgilangan muddatda xarid qilish huquqini beradi. Opsionning o‗ziga xos xususiyati shundaki, uning egasi qimmatli qog‗ozning o‗zini emas balki uni sotib olish yoki sotish huquqini opsion mukofoti evaziga sotib oladi. Shuni ta'kidlash lozimki, opsion egasi vaziyatga qarab opsion yuzasidan sotib olish yoki sotish huquqidan foydalanish yoki undan voz kechishi mumkin. Svoplar bu ikki tomonning oldindan kelishilgan shartlariga muvofiq kelajakda ma'lum bir to‗lovlarni va yoki bazis aktivlarni (kelishilgan miqdorda) almashtirish bo‗yicha bitimidir. Hosilaviy qimmatli qog‗ozlarning asosini tashkil etuvchi bazis aktivlarga ko‗ra ularni quyidagilarga ajratishimiz mumkin: • tovarlar bo‗yicha (neft, neft mahsulotlari, elektr energiya, metallar, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari – don, shakar va boshqalarga asoslangan hosilaviy qimmatli qog‗ozlar); • valyutalar bo‗yicha (valyutaviy qimmatliklarga asoslangan hosilaviy qimmatli qog‗ozlar); • fond birjalar bo‗yicha (aksiya, obligasiya, fond indekslari, o‗zgaruvchanlik indekslariga asoslangan hosilaviy qimmatli qog‗ozlar); |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling