Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 278 ta‘lim sifatini va davomiyligini yahshi ta‘minlash uchun hizmat qiladi. ―Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir‖ , degan edi milliy tarbiyamiz daxolaridan biri A.Avloniy. Hayot, najot, saodatga eltuvchi ish, tarbiyani amalga oshiruvchi zot- o‘qituvchidir. Pedagogik mahorat tug‘ma iste‘dod yoki nasldan- naslga o‘tuvchi xususiyat emas, balki uning negizida izlanish va ijodiy mehnat yotadi. Yurtimiz kundan kunga rivojlanib bormoqda biz o‘qituvchilar ham zamon bilan hamnafas bo‘lishimiz uchun izlanishdan aslo to‘xtamasligimiz kerak. Hayotga endigina qadam qo‘yayotgan bolajonlarimizga ta‘lim berishda ularning har bir fanni tanishtirish tabiat bilan bog‘lash, hayvonlarni sevishni,o‘simlik olamiga mehr bilan qarashni va ularni parvarish qilish usullarini o‘rgatish, tabiatimizga befarqlik bilan qaramaslikni, tozalikga rioya qilishni, odob ahloq qoidalarini, kattaga hurmatda, kichikga izzatda bo‘lishni o‘rgatish yahshi bilan yamonni farqlay olishlari, do‘st tushunchasi haqida har xil rivoyatlar hadislardan misollar keltirib ularni o‘zlari ishtirokida sahna ko‘rinishlari asosida dars jarayonlarini tashkil qilish bu yahshi natijaga erishishning bir pog‘onasidir. Yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan kompyuterdan, proyektordan, ko‘rgazmali plakat, tarqatma materiallar, orqali dars jarayonlarini tashkil etib har bir mavzuga oid o‘yinli video roliklar, slaydlardan foydalanib o‘quvchilarni har bir to‘g‘ri bajarilgan ishlarini munosib rag‘bat kartochkalari bilan rag‘batlantirilib borilishi dars jarayonini tashkillshtirish, guruhlar o‘rtasida muzokarali bahsli metodlardan, o‘yinlardan foydalanish ham boshlang‘ich ta‘lim tizimimizning sifat - samaradorligi oshishiga katta hissa qo‘shadi. Dars jarayonida hech bir o‘quvchi nazoratdan chetda qolmasligi, pastroq o‘zlashtiruvchi o‘quvchi bilan darsdan tashqari vaqt oralig‘ida qo‘shimcha to‘garak darslarini tashkil etish har bir o‘quvchimizga e‘tiborli bo‘lib ularning psixologiyasi, temperamenti bilan tanish bo‘lishimiz har bir o‘qituvchining vazifasi deb bilaman. Oilaviy muhiti bilan tanishib chiqqan holda ota-onalar bilan har doim muloqotda bo‘lib turishimiz lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling