Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 276 ―Nido‖ dostonidan olingan yuqoridagi misrada dadamlar, dada leksemalari -lar ko`plik shakli bilan farqlangan. -lar grammatik shakli ko`plikdan tashqari hurmat ma`nosini ham ifodalab keladi. Aynan yuqoridagi misralarda ham hurmat ma`nosi yetakchilik qilgan. Yo`q, mo`tabar emas asli yer, Qutlug` emas tuproq hech qachon. Muborakdir inson to`kkan ter, Mo`tabardir qutlug` toza qon. Erkin Vohidovning ―Ona tuproq‖ she`ridan joy egallagan ushbu misralarda ona yer, ona zaminimiz madh etilgan. Mo`tabar, mo`tabardir so`zlarida -dir kesimlik shakli o`zaro assotsiativ bog`lanish yuzaga kelishini ta`minlagan. Oʼtkazilgan assotsiativ tajriba materiallari shuni koʼrsatadiki, grammatik shaklga asoslangan assotsiatsiyalar maʼnoga asoslangan assotsiatsiyalarga qaraganda past chastotali, ularning stimul soʼz bilan aloqasi nisbatan kuchsiz bo`ladi. Erkin Vohidov ―Inson‖ g`azalida insonning baland martabaga egaligi, olam yaratilishidan maqsad odam ekanligini aks ettirar ekan, odam o`zining yuksak martabasiga loyiq ma`naviyat egasi bo`lishi lozimligini orzu qiladi. Chunki dunyo nadur? Koshonadur, vayronadur, Senga mehmonxonadur, mehmon o`zing, mezbon o`zing. Chindan ham, inson dunyoga mehmondir. Lekin bu yorug` olamning mezboni ham ayni o`zidir. Demak, shoir inson leksemasi atrofida dunyo, mexmonxona, mehmon, mezbon kabi assotsiatsiyalarni qo`llaydi va assotsiativ munosabatni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, -xona qo`shimchasi orqali hosil qilingan mehmonxona va mehmon leksemalari ham assotsiativ qatorlar kengayishiga xizmat qilgan. Xulosa qilib aytsak, assotsiativ munosabat tilshunosligimizning yanada boyishiga xizmat qiladigan ulkan sohasidir. Erkin Vohidov she`riyatiga nazar tashlash orqali grammatik assotsiatsiyalarning imkoniyatlarini ko`rib guvohi bo`ldik. Download 160 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling