Konflikt haqida umumiy tushuncha. Konfliktning mazmuni va mohiyat. Konfliktning turlari


Download 61.66 Kb.
bet15/18
Sana17.06.2023
Hajmi61.66 Kb.
#1519863
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Konflikt haqida umumiy tushuncha. Konfliktning mazmuni va mohiya (1)

3. Iqtisodiy zo’ravonlik
Bolalarni moddiy ta’minlashdan bosh tortish orqali jabrlanuvchini o’ziga batamom bo’ysundirishga erishish, o’z moddiy boyliklarini, ya’ni necha pul ishlaganligini yashirish va sir tutish, oilaviy mablag’larni yashirib o’z maqsadlarida ishlatib qo’yish, bozor qilinganda oiladagi farzandlar, xotinning ehtiyojlarini nazarga olmaslik, ularni inkor etish, ularga harajat qilishni xushlamaslik, ularga qilingan harajatni benaf ketgan moddiy boylik sifatida qabul qilish (masalan, agar xotini tarvuzni yaxshi ko’rsa, ataylab tarvuzni sotib olmaslik, yoki faqat “men buni yaxshi ko’raman, men uni yaxshi ko’raman” deb, aynan mana shu narsalarga sarf-harajat qilish),
12-mavzu: Jamoadagi konfliktlar

  1. Jamoadagi konfliktni boshqarish tartiblari

  2. Rahbarlar tomonidan jamoa etikasining buzilishi

  3. Oilaviy konflikt.



Jamoadagi konfliktni boshqarish tartiblari:

  1. Konfliktni vujudga kelganini, uning mavjudligi tan olish va uni o’rganish.

  2. Konfliktga tortilgan hodimlar, bevosita konflikt ishtirokchilari hamda konfliktga aloqador blmagan, ammo mana shu jamoaning barcha hodimlarining ziddiyat to’g’risidagi holis fikr-mulohazalarini o’rganish.

  3. Konfliktning asl mazmunini, nima sababdan kelib chiqqanligini aniqlash. Ziddiyatning shaxslararo konflikt ekanligi, yoki tomonlararo konflikt ekanligini belgilash. Shuningdek, jamoadagi osoyishtalikni buzish, jamoaga o’z salbiy ta’sirini o’tkazishga, ish jarayonining buzilishiga sabab bo’layotgan odam mavjudligi yoki yo’qligini aniqlash. Umuman konflikt vaziyatining subyektiv va obyektiv kelib chiqish sabablarini o’rganish. Obyektiv sabablar mavjudligi aniqlansa, ularning oldini olish choralarini ko’rish, masalan, kompyuterning buzilib qolganligi, elektr chirog’ining o’chib qolganligi, qog’ozlarning yetishmovchiligi v.h.

  4. Konflikt yechimini rejalashtirish. Konflikt yechimini topish bo’yicha turli alternativ usullar, yo’llar va ssenariylarni ishlab chiqish. Konfliktning qanday rivojlanib va o’sib borishi mumkinligini aniqlash. Konfliktning o’sib ketmasligi oldini olish choralarini ko’rish.

  5. Konflikt yechimi jarayoniga barcha hodimlarni jalb qilishga harakat qilish. Ko’pchilik hollarda bargalikda o’iddiyat mazmuni, uning kelib chiqishi va uning yechimini topish bo’yicha chora-tadbirlarni belgilash yo’nalishida hamkorlik va birgalikda ishlashning o’zi konflikt vaziyatni yumshatishga, tomonlar manfaatlarini uyg’unlashtirishga, umumiy maqsadlarni topishga, shuningdek uyg’unlik asosida tomonlarni yangitdan bir-biriga yaqinlashtirishga xizmat qiladi. Mummoni ochiq muhakamaga qo’yish, har bir hodimning fikr va qarshalarining samimiy bayon qilinishiga erishish, qarashlardagi plyuralizmga erishish, konflikt yechimi bo’yicha har bir tomon qarashlarining ifodalinishini yo’lga qo’yish jamoadagi har turli keskinliklar, mavhumlik, gina-qudrat, g’iybat, hafagarchilik, fikrlarning ichda qolib ketishi, g’alamislik, fitna, intrigalar, bo’xton va aniq bo’lmagan ma’lumotlarning tarqalishining oldini oladi.


Download 61.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling