Конфликтларнинг ривожланиш босқичлари ва механизми
Download 64.8 Kb.
|
KONFLIKTLARNING TUZILISHI
3. Konfliktning tugashi
Konfliktni tugash shakllari. Konfliktlar tipologiyasi bir xil emas, konfliktlar o`zgaruvchan, biri boshqasiga o`xshamaydi. Bunday vaziyatda konfliktlar tugashining yagona shakllarini aniqlash yoki ularni hal qilishning qandaydir universal usullarini topish qiyin masaladir. Biroq, muammoning murakkabligiga qaramasdan to`plangan nazariy va amaliy tajribaga tayanib ba`zi xulosalarni chiqarish mumkin. Eng avvalo, konfliktning tugashi uni hal qilishdan ancha keng tushunchadir. Konflikt ikkala tarafning halokati bilan yakunlanishi mumkin, biroq bu uning hal qilinganligini anglatmaydi. Agar konfliktni tugashiga uning tamom bo`lishi, uning turli sabablarga ko`ra to`xtashi deb qaralsa, uning hal qilinishini qarama-qarshi kurashni tinch yoki kuch ishlatish vositalari bilan to`xtatuvchi konflikt ishtirokchilarining o`zi yoki uchinchi tarafning u yoki bu ijobiy harakati (qarori) deb tushunishimiz kerak. Amaliy faoliyat tajribasi shuni ko`rsatadiki, konfliktni hal qilish uchun ozmi-ko`pmi kuch-g`ayrat sarflash kerak. Konfliktning “o`z-o`zidan hal qilinishi” ma`noga ega emas. Albatta, konfliktni umuman payqamaslik, inkor etish, yaxshi holatda tushuntirishga harakat qilish mumkin. Biroq, u stixiyali rivojlanadi, keskinlashadi, boshqa konfliktlarga ta`sir qiladi va natijada tizimni to`la buzishi mumkin. Konfliktni muvaffaqiyatli hal qilish shart-sharoitlari ko`p darajada taraflar va boshqa ishtirokchilarning imkoniyatlari va xohish-erklari bilan belgilanadi. Konfliktni to`xtatishning bosh, eng faol asosi bu konfliktli vaziyatni yuzaga keltirgan obyektiv sabablarni bartaraf qilish hisoblanadi. Konflikt ham tashqi harakatlar , ham konfliktlashuvchi subyektlarning o`zlari bilan belgilanganligi sababli uning hal qilinishi ham mazkur ikki guruh omillarga bog`liq. Masalan, oilaviy konflikt er-xotinlarning biri yoki ikkalasining bevafoligi bilan bog`liq bo`lsa, uni yaxshi hal qilinishi er va xotin ruhiyatining xususiyatlarida ifodalanadi va o`tmishdagi xatolarni bartaraf etish, birgalikda hayot kechirishga bo`lgan intilish bilan belgilanadi. Ba`zi xizmat bilan bog`liq konfliktlarda ko`p narsa tashqi holatlarga bog`liq. Masalan, bo`lim yoki muassasaning qayta tashkil etilishi ulardagi mavjud ichki konfliktlarni to`la bartaraf etadi. Adabiyotda bildirilgan fikrlarni umumlashtirish orqali konfliktning yakunlanishini quyidagicha tavsiflash mumkin: tomonlarning o`zaro yarashishi natijasida konfliktning to`xtashi; konfliktni simmetrik hal etish yo`li bilan to`xtatish( bunda ikkala taraf yutadi yoki yutqizadi) ; konfliktni assimmetrik hal etish yo`li bilan to`xtatish (bunda faqat bir taraf yutadi); konfliktning boshqa qarama-qarshi kurashga o`sib o`tishi; konfliktning asta-sekin bosilishi. Bu tasnifda konfliktning obyektiv boshlanish asoslari uni hal qilishning subyektiv usullari bilan qo`shilganligini ko`rish mumkin. Ularni yanada bo`ladigan bo`lsak boshqacha tasnifga ega bo`lamiz. Masalan, konfliktlarga aralashish natijalariga qarab tasniflasak, unda konfliktning hal qilinishi, uni tartibga solish yoki bartaraf etishni farqlash mumkin. Amerikalik tadqiqotchi R.Dal konfliktni yakunlashning uch muqobil imkoniyatini ajratib ko`rsatadi : tupik, zo`rlikni qo`llash va tinch yo`l bilan tartibga solish. Turli variantlarni boshqacha uyg`unlashtirib aytish mumkinki, konflikt taraflarning ikkalasi yoki birining halokati bilan tugaydi, “yaxshi vaqtlar kelguncha” to`xtatiladi yoki biron bir tarzda konstruktiv hal etiladi. Birinchi holatga qirg`in urush misol bo`lishi mumkin. O`tgan asrlarda yuz bergan ko`pchilik urushlarda ko`p sonli quruqlikdagi qo`shin askarlari va tinch aholining aksariyat qismi halok bo`lgan bo`lsa (Ikkinchi jahon urushi 50 mln.dan ziyod kishining yostig`ini quritgan) , endilikda ehtimol tutilgan atomli urushda butun insoniyatning halokati ham istisno qilinmaydi. Shu sababli yadro qurolini kamaytirishga, dunyoni o`t olishiga olib keluvchi xalqaro konfliktlarni bartaraf etish yo`lidagi astoydil harakatlarni ro`yobga chiqarish uchun uzoq vaqt talab etilmoqda. Konfliktni u yoki bu vaqtga to`xtatib turish, kechiktirish, sekinlashtirishni kurashni to`la yakunlanishi deb hisoblab bo`lmaydi. Biroq konflikt baribir ochiq kurash sifatida davom etmaydi va tanglik sustlashadi. Bu holat taraflarning kuchsizlanishi bilan, yangi kurash uchun kuchlarni to`plash zaruriyati bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Konfliktning vaqtinchalik bosilishi tashqi tasavvurni tug`dirishi, biroq uning haqiqiy rivojlanishini ifoda etmasligi ham mumkin : shunchaki “ochiq” konflikt vaqtinchalik “yashirin” shaklga o`tishi mumkin. Download 64.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling