Darsningmavzusi: Axborotning ko’rinishlari, hususiyatlari va turlari.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: – bilim: O’quvchilarga axborotning ko’rinishlari, asosiy xususiyatlari haqida ma’lumot berish, uzlukli(diskret), uzluksiz(analog) axborotlar, raqamli va analog qurilmalar haqida tushuncha berish.
ko’nikma: axborotlarning turlari
malaka: turli xil axborotlar bilan amallar bajara.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga hayotdagi har qanday vaziyatlarda ham ma’lum bir tartib asosida, fikrlab ish yuritish hamda bilim olishda tartib va intizomga rioya qilishga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning hamkorlikda ishlash, ijodiy fikrlash, boshqalar fikrlarinin tahlil qila olish va ularga munosabatini teran, aniq bayon qilish mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Dars turi: Yangi bilim berish.
Darsda qo`llaniladigan turli xil metod va usullar: Sayohat, davom et, mosini toping.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Darslik, proyektor, ekran, kompyuterlar, uylar tushurilgan rasmlar, tarqatma materiallar, slayd.
Darsning rejasi:
I.Tashkiliy qism: 4 daqiqa
Uyga berilgan vazifani tekshirish 10 daqiqa
III. Yangi mavzuni tushuntirish: 14 daqiqa
Yangi mavzuni mustahkamlash: 12 daqiqa
O’quvchilarni baholash: 3 daqiqa
Uyga vazifa berish. 2 daqiqa
Darsning borishi:
Tashkiliyqism:
O’quvchilar bilan salom alik qilinadi
Davomat tekshiriladi.
O’quvchilarning darsga tayyorgarligi nazorat qilinadi.
O’quvchilarni uchta guruhga bo’lish, ularni “Informatika olamiga sayohat” darsining o’tkazish tartibi bilan tanishtirish.
1-guruh “Mustaqillik farzandlari”
2-guruh “Kelajak avlod”
3-guruh “Ajdodlarimiz davomchilari”
Har bir guruh sardorlari o’zlari tanlagan guruh nomlariga izoh berishadi. Guruhlarga baholash mezoni tushuntiriladi, baholash MS Excelda tayorlagan dasturi yordamida baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |