Konlarni ochiq usulda qazib chiqarish tizimlari. Darsning maqsadi


-rasm. Transportsiz qazish tizimi


Download 0.8 Mb.
bet3/6
Sana24.12.2022
Hajmi0.8 Mb.
#1056434
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-MAVZU (1)

15.1-rasm. Transportsiz qazish tizimi.

Biroq ular faqat foydali qazilmalar nishab yotgan va qatlamlar qalinligi uncha katta bо‘lmagan hollardagina qо‘llanilishi mumkin. Bundan tashqari, bu tizimlarda ochish va qazish ishlari orasida qattiq bog‘liqlik mavjud bо‘ladi, chunki ochilishi kerak bо‘lgan zaxiralar miqdori, ochuvchi va ag‘darma hosil qiluvchi mashinalarning ishchi parametrlari va quvvati bilan chegaralanadi.


Transportli qazish tizimi.
Transportli qazish tizimlari qoplovchi jinslarni transport vositalari yordamida tashish bilan xarakterlanadi.
Qoplovchi jinslarni ichki ag‘darmalarga tashish qazish tizimlarida jinslar nisbatan qisqa masofalarga qulay profilga ega yо‘llar orqali tashiladi va odatda kо‘tarilish yukli yо‘nalishda bо‘lmaydi (15.2 a - rasm).
Qoplovchi jinslarni tashqi ag‘darmlarga tashilishi bilan xarakterlanuvchi tizimlarida jinslar uzoq masofalarga tashilishi bilan xarakterlanadi va odatda kо‘tarilish yukli yо‘nalishda bо‘ladi (15.2., b - rasm).

15.2 rasm. Transportli qazish tizimi.
Qoplovchi jinslarni qisman ichki va qisman tashqi ag‘darmalarga tashish bilan xarakterlanuvchi tizimlar shu guruhning yuqoridagi ikki tizimining belgilarini о‘zida mujassamlashtirilgan (15.2, v - rasm).

Transportli qazish tizimlari transportsiz qazish tizimlaridan murakkabroq va kо‘p sarf xarajat talab etadi. Lekin ular foydali qazilma konlarini har qanday yotish sharoitlarida qо‘llanilishi mumkin, shuning uchun ular nisbatan keng tarqalgan.


Bu tizimlarda ochuvchi va qazuvchi ish frontlari siljishi orasida nisbatan kam bog‘liqlik mavjud, shuning natijasida talabdan kelib chiqqan holda kerakli miqdordagi zaxirani ochish mumkin.
Kombinatsiyalashgan qazish tizimi.

15.3-rasm. Kombinatsiyalashgan qazish tizmi.

Birinchi holatda jinslarni transport vositalari yordamida tashish natijasida, odatda yuqorigi pog‘onalardan quyi pog‘onalardagi transportsiz qazish tizimlarining texnik-iqtisodiy ustunliklaridan foydalanish imkoniyatlari kengayadi. Ikkinchi holatda esa, qoplovchi jinslarni ichki ag‘darmalarga uyushni qisman qо‘llash, odatda
Bulardan tashqari kombinatsiyalashgan tizimlarham qо‘llaniladi, ular о‘zida transportli va transportsiz tizimlar belgilarini mujassam etadi. Ichki uyumlash yoki tashqi tashish belgilarini inobatga olib unisi yoki bunisini qо‘llash ulushi ustunligiga qarab qazish tizimini qoplovchi jinslarni qisman ichki va tashqi ag‘darmalarga tashish tizimlariga (15.3, b-rasm) va qoplovchi jinslarni qisman ichki ag‘darmalarga tashish tizimlariga (15.3, a- rasm) bо‘linadi.

Karyerning quyi pog‘onalarida transportli qazish tizimlarining texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini beradi. Chunki karyerning quyi gorizontlariga transport vositalarini olib kirish nisbatan qiyin hisoblanadi.


Kombinatsiyalashgan qazish tizimlarining о‘zaro bir-biriga nisbatan murakkabligi yoki tejamkorliligi ma’lum tizimida tashishning tashqi tashish yoki ichki uyush usullari qatnashish usuliga bog‘liq bо‘ladi. Qanchalik kо‘p hajmdagi jinslar transportsiz qazish tizimlari bilan qazib olinsa, kombinatsiyalashgan qazish tizimi shunchalik tejamli hisoblanadi.
Ish zonasining rivojlanish shakliga kura, ikki sinfga bulinadi: yoppa, ish zonasi uzgarmas balandlikka ega tizimlar va chuqurlashuvchi, ish zonasi uzgaruvchan balandlikka ega qazish tizimlari.
Ish frontining planda joylashishi va uning siljishi yо‘nalishiga qarab sinf va sinfchalar mos ravishda guruhlarga (uzunasiga, kо‘ndalangiga, veyersimon va doiraviy) va guruhchalarga (bir bortli, ikki bortli, markaziy, tarqoqholda) bо‘linadi
Bulardan tashqari, qazish tizimlari quyidagilardan kelib chiqib ham xarakterlanadi: ag‘darmalarni joylashgan о‘rniga qarab (ichki va tashqi), qazish yо‘nalishinig profiliga qarab (gorizontal, qiya yoki tik qiya qatlamchalar bilan) va boshqa qushimcha belgilariga qarab.
Qazish tizimlarining klassifikatsion belgilari ularning nomlanishida о‘z ifodasini topadi.
Ma’lum kon-geologik sharoitlardan kelib chiqib u yoki bu belgining muximlik darajasi о‘zgarishi mumkin, bu albatta ayni kon uchun qabul qilingan qazish tizimi nomida о‘z ifodasini topmog‘i kerak.
Qazish tizimining asosiy elementlari, parametrlari va kо‘rsatkichlari.
Shunday qilib tavsiya etilayotgan klassifikatsiya asosida imkon darajada ham qoplovchi jinslarni tashish usulini, ham ish zonasi konstruksiyasini, uni ayni kon-geologik sharoitlarda rivojlanishini о‘zida tо‘laqonli ifoda etgan qazish tizimini nomini keltirish mumkin. Masalan:
transportsiz uzunasiga bir bortli;

  • transportli yoppa, ichki ag‘darmali veyersimon bir bortli front bilan;

  • transportli, chuqurlashuvchi ish fronti kо‘ndalang joylashgan ikki bortli va x.k.

Nomlanishidan tashqari qazish tizimlari elementlari, parametrlari va kо‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling