Konlarni ochiq usulda qazib chiqarish tizimlari. Darsning maqsadi


Download 0.8 Mb.
bet2/6
Sana24.12.2022
Hajmi0.8 Mb.
#1056434
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-MAVZU (1)

Tizimlar sinfi indeksi.

Tizim sinfi indeksi

Planda qazib olish yо‘nali-shi

Ag‘darmani joylashish joyi

Ichki

Tashqi

Bо‘ylama

Bir bortli









Ikki bortli









Kо‘ndalang

Bir bortli









Ikki bortli









Veyersimon

Markaziy/
tarqoq









Doiraviy

Markaziy/ perefiriyli









Muhimligi jihatidan kamayib boruvchi tartibda joylashtirilgan klassifikatsion belgilar quyidagilar hisoblanadi:
qoplovchi jinslarni tashish usuli;
ish zonasining rivojlanish shakli;
ish frontining planda joylashishi;
bortlar soni yoki ish frontining siljishi yо‘nalishi.
Qoplovchi jinslarni tashish usuliga kо‘ra ochiq usulda qazish tizimlari uch sinfga bо‘linadi:
transportsiz;
transportli;
kombinatsiyalashgan kо‘rinishi.
Transportsiz qazish tizimi.
Transportsiz qazish tizimlari shunisi bilan xarakterliki, ularda qoplovchi jinslar ekskavatorlar yoki ag‘darma hosil qilgichlar yordamida ichki ag‘darmalarga yotqiziladi yoki uyuladi.
Qoplovchi jinslarni bevosita ekskavatorli uyush qazish tizimida jinslarni zaboydan ag‘darmagacha siljitish birgalikda ishlovchi ochuvchi va ag‘darma hosil qiluvchi ekskavatorlar yordamida amalga oshiriladi.

Qoplovchi jinslarni ag‘darma hosil qilgichlar yordamida uyumlash qazish tizimida jinslarni zaboydan ag‘darmaga о‘tkazish konsolli ag‘darma hosil qilgichlar va transport-ag‘darma kо‘priklari yordamida amalga oshiriladi.
Barcha transportsiz qazish tizimlarida tog‘ jinslari zaboydan ag‘darmalarga ish frontiga nisbatan kо‘ndalang holatda siljiydi, ya’ni qisqa masofaga. Shuning uchun jinslarni ichki ag‘darmalarga uyush tizimlari eng oddiy va tejamli tizimlar hisoblanadi.
Qoplovchi jinslarni karrali yoki qayta uyumlashning ekskavatorli qazish tizimlarida jinslarning zaboydan ag‘darmagacha tomon о‘tkazish, birgalikda ishlovchi, ochuvchi va ag‘darma hosil qiluvchi ekskavatorlar yordamida amalga oshiriladi 15.1 - rasm.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling