Konmetallurgiyasi
METALLURGIYA SANOATI MAJMUI
Download 58.17 Kb.
|
Ergashev Soha iqtisodiyoti
METALLURGIYA SANOATI MAJMUI
Metallurgiya sanoati undiruvchi sanoat tarmoqlari ichida yetakchi tarmoq hisoblanadi va tarmoqlarda ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar boshqa tarmoqlarini rivojlantirishda hamda iqtisodiyotni yuksaltirishda muhim ahamiyatga egadir. Markaziy Osiyoda metallurgiya sanoatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar ya’ni mineral va mehnat resurslari, tabiiy va iqtisodiy geografik sharoitlar yetarli darajada mavjud. Markaziy Osiyo xududida sobiq Ittifoq davrida qora va ayniqsa rangli metallurgiya sanoati shakllangan edi. Qozogʻiston hududida Ittifoqning 5- metallurgiya ba’zasi, Oʻzbekistonda urush yillarida ishga tushurilgan Bekobod metallurgiya korxonasi mavjud edi. Biroq yarim xom –ashyo mahsulotlarining asosiy qismi “Markazning rejasiga koʻra koʻproq Rossiyadagi korxonalarga tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uchun joʻnatilardi. Metallurgiya sanoati asosan xom – ashyo qazib olish, keraksiz metallarni toʻplash, ularni ajratib olish va boyitish, yeritish, prokatlar, quymalar tayyorlashni oʻz ichiga oladi. Bu sanoat majmuasi qora va rangdor metallurgiya tarmoqlaridan iboratdir. Markaziy Osiyoda qora metallurgiya markazi Bekobod shahri hisoblanadi va zavodning asosiy xom ashyosi Respublikamizda ham qoʻshni davlatlarda yigʻilib qolgan metallarni qayta ishlashdan iborat boʻlgan. Urush yillari va undan keyingi davrda Sobiq Ittifoqda yangi va ishlab chiqarish hajmi boʻyicha yirik qora metallurgiya markazi barpo etildi va ishlab chiqarish quvvati oshirildi hamda texnalogiyasi yangilanib, borildi. Regionda, ayniqsa Qozogʻistonning markazi Kustanay viloyatida temir rudasi, qora metallurgiya uchun kerakli marganes, xrom va boshqa rudallar Ust-Kamenogorsk, Pavlodar, Temirtauda mavjud boʻlib, arzon qoʻngʻir koʻmir Ekibastuzda, toshkoʻmir va kokslanuvchi koʻmir Qaragʻandada qazib olingan. Shular asosida urush yillarida Markaziy Osiyo hududida dastlabki qorametallurgiya markazi Qaragʻanda metallurgiya korxonasi tashkil topdi. Qozoq “magnitkasi” nomini olgan toʻliq sikldagi zavodda prokat, choʻyan va poʻlat ishlab chiqariladi. Kustanayda Markaziy Osiyodagina emas balki MDHda ishlan chiqarish quvvati boʻyicha yirik metallurgiya ba’zasi tashkil etilgan. Sokilov-Sarbayda togʻ-kon metallurgiya kombinati, Lisakovsk va Kacharskda rudani boyitish kombinatlari ishlab turibti. Keyingi yillarda Oʻzbekiston hududida qorametallurgiya sanoatini rivojlantirish uchun zarur boʻlgan temir va marganes rudalari, flyus materiallari va oʻtga chidamli xom-ashyolar topildi. Kelajakda Respublikada toʻla siklli qora metallurgiya sanoatini barpo qilish uchun asos tayyorlanayotir. Hozirgi kunda Bekobod metallurgiya zavodini ta’mirlashga katta quvvatga ega boʻlgan elektropechalardan foydalanishga, turli xilda mahsulot ishlab chiqarishga harakat qilinmoqda. chunki, Bekobod zavodi Markaziy Osiyo davlatlarida toʻplanib qolgan metallarning 15-20%ni ham qayta yerita olmayotir. Markaziy Osiyo Respublikalari hududlarida mahalliy ehtiyojni qondiish uchun qora metall Toshkentda, Andijonda , Shimkentda, Osh, Chorjoʻy va boshqa shaxarlarda ishlab turibti. Markaziy Osiyo metallurgiya sanoati majmuasida rangdor metallurgiya sanoatining salmogʻI katta, rangdor metalurgiyaning xom-ashyolari regionning Turkmaniston davlatidan tashqari barcha rspublikalarda uchraydi. Markaziy Osiyoda Mendeleyev davriy sistemasining barcha elementlari mavjud boʻlib, ayniqsa rangdor metallurgiya xom-ashyosini ba’zi bir turlari va ularning zahiralari boʻyicha MDHdagina emas, balki butun dunyoda ham yetakchi oʻrinni egallaydi. Bularga oltin, mis, kumush, volfram, simob, surma va boshqalar misol boʻladi. Asosiy konlari Jezqazgʻan, Balxash, Markaziy va Shimoliy Qozogʻistonda joylashgan. Mis sanoat asosida Jezqazgʻan viloyatida boʻlib, bularga asosan Balxash va Karasakpay mis yeritadigan zavodlari, Jezqazgʻan, Sayan rudani boyitish korxonalari kiradi. Qozogʻistonning sharqiy qismida Glubokoe mis zavodi bor. Respublikada qoʻrgʻoshin rux kombinati Ust-Kamenogorsk shaxrida boʻlib, uning xom-ashyosi rudali Oltoydadir. Qoratav va Jungʻoriya Olataudan qazib olinadigan rux xom – ashyosi asosida Shimkent shaxrida qoʻrgʻoshin zavodi ishlab turibdi. Xalqaro mehnat taqsimotida Oʻzbekiston rangdor metalurgiya sanoati bilan ajralib turadi. Respublika hududida bu sanioat uchun kerakli boʻlgan va yetarli miqdorda xom – ashyo chinoncghi polimetal rudalari, mis, oltin, volfram, molibden va boshqa rudalar mavjud. Jumladan: oltin zaxiralari boʻyicha Respublika dunyoda 4- oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha 7- oʻrinda, mis zahiralari boʻyicha 10-11 oʻrinda, uran zahirasi boʻyicha, 7-8 oʻrinda turadi. (Islom Karimov 1997 yil ) Oʻzbekistonda 40ta qimatbaho metal konlari topilgan. oltinning asosiy zahirasi Markaziy Qizilqumdadir. Download 58.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling