Konsepsiyasi


Bugun olingan pul mablagʻi summasi yertaga olinadigan pul mablagʻi summasi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana04.11.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1746611
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-MAVZU

Bugun olingan pul mablagʻi summasi yertaga olinadigan pul mablagʻi summasi 
ekvivalentidan yuqori. 
Korporativ moliyaviy munosabatlarda vaqt omilini hisobga olish foiz hisoblash 
texnikasi asosidagi diskontlash va oʻsib borish metodlaridan foydalangan holda amalga 
oshiriladi. Bu metodlarning mohiyati hozirgi yoki kelgusidagi talab qilingan turli 
davrlarga taalluqli pul mablagʻlari miqdorini aniqlashni oʻzida aks ettiradi. Mazkur 
jarayonda oʻsib boruvchi qiymat me‘yori sifatida foiz stavkasi (interest rate)dan 
foydalaniladi. 
Tor ma‘noda foiz stavkasi qarz mablagʻlaridan foydalanganlik uchun toʻlanadigan 
summani oʻzida aks ettiradi. Lekin korporativ moliyaviy 


munosabatlarda bu tushuncha kengroq talqin qilinadi. Ya‘ni foiz stavkasi quyidagilarda 
namoyon boʻladi: 
- amalga oshirilayotgan operatsiyalar boʻyicha olinadigan foydaning 
qoʻyilgan mablagʻ miqdoriga nisbati sifatida hisoblanadigan va foizlarda yoki birlik 
ulushlarda aks etadigan daromadlilik darajasini belgilovchi vosita sifatida; 
- kapitalning muqobil qiymati sifatida. 
Oʻsib borish tushunchasi foiz hisoblash natijasida dastlabki summaning ortib borishi 
jarayonini anglatadi. 
Oʻsib borish metodining iqtisodiy mazmuni operatsiyalarni amalga oshirish natijasida 
dastlabki summaga qoʻshimcha ravishda olinadigan yoki olinishi mumkin boʻlgan 
summa miqdorini aniqlashni anglatadi. Boshqacha aytganda oʻsib borish metodi 
ma‘lum bir vaqtlar uchun belgilangan foiz stavkasidan kelib chiqqan holda joriy 
qiymat (PV)ning kelgusidagi qiymatini aniqlash imkonini beradi. Bunda 
foydalaniladigan stavka ba‘zida oʻsish stavkasi deb ataladi. 
Diskontlash tushunchasi pul mablagʻlarini joylashtirish jarayonida kelgusida ma‘lum 
bir belgilangan summani olish (egalik qilish) uchun joylashtirish talab etiladigan pul 
mablagʻi miqdorini aniqlashni oʻzida aks ettiradi. 
Iqtisodiy ma‘noda diskontlash orqali topiladigan PV miqdori ayni paytda belgilab 
olingan FV kelgusi qiymat orqali aniqlab olinadi. 
Ta‘kidlash kerakki, diskontlash mohiyatiga koʻra mablagʻlar miqdori oʻsib borishini 
oʻzida aks ettiradi. Bu jarayonda foydalaniladigan foiz stavkasi diskont normasi deb 
ataladi. 
Qayd etib oʻtish kerakki, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish shartlariga bogʻliq 
ravishda mablagʻlar oʻsib borishini aniqlash kabi diskontlash ham oddiy, murakkab 
yoki uzluksiz (muntazam) foizlar qoʻllanilishi orqali amalga oshiriladi. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling