"Konseptual jadval asosida "Badiiy asar tili" modulini urganish"
Download 1.2 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- U M U M I Y X U L O S A L A R
Yakuniy baholash: 3.1. Yakuniy baholashda talaba 3 ta savolga og’zaki javob berishi lozim. Har bir savolga 10 ball ajratiladi:
86 -100 (8,6-10 ball) Agar savol mohiyati to`la ochilgan bo`lib, mavzu bo`yicha talabaning ijodiy nuqtai nazari bayon qilingan bo`lsa; 71 - 85 (7,1-8,5 ball) Agar talaba mavzu haqida tasavvurga ega bo’lsa, savolning mohiyatini tushunsa,bilsa, olgan bilimlarini amalda qo’llay olsa, mustaqil mushohada yurita olsa. 56-70 (5,5-7,0 ball) Agar talaba mavzu mohiyatini tushunsa, tasavvurga ega bo’lsa, bilsa, aytib bera olsa. 0-55 (0-5,5 ball) Agar talaba aniq tasavvurga ega bo’lmasa va bilmasa. U M U M I Y X U L O S A L A R Ma’lumki, fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ko‘plab ilmiy bilimlar, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bu bir tomondan, fan-texnikaning yangi soha va bo‘limlarining taraqqiy etishi tufayli uning differensiallashuvini ta’minlayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida integratsiya jarayonini vujudga keltirmoqda. Bunday sharoitda, yuqori malakali pedagoglarga bo‘lgan talablar ortib borib, barkamol avlodni asrlar davomida shakllanib kelgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega, fanning fundamental asoslarini, pedagogika va psixologiya metodlarini mukammal egallagan, kasbiy tayyorgarligi yuksak darajada bo‘lgan hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikma va malakasiga ega ijodkor pedagoglarni tayyorlash talab etiladi. Hozirgi vaqtda ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik innovatsiyalarni keng ko‘lamda qo‘llash jahon taraqqiyotining global tendensiyasi hisoblanadi. Pedagogik innovatsiyalar ko‘lamining ortib borishi, mamlakatda modernizatsiya jarayoni tez sur’atlar bilan rivojlanayotganayni davrda ta’lim sohasiga yangiliklarni tizimli ravishda kiritishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ammo ko‘plab pedagogik innovatsiyalarning yaratilayotganiga qaramay, ta’lim jarayonlariga o‘qitishning yangi mazmun, shakl, metod va vositalarini tatbiq etish bo‘yicha pedagogik tadqiqotlarni joriy etish darajasini hozircha yetarli deb bo‘lmaydi. Darhaqiqat, yangilangan ta’lim tizimini joriy etishda har bir o‘qituvchining o‘z faniga va barkamol avlod ta’lim – tarbiyasiga oid yangiliklarni muntazam o‘rgana borib, ularni o‘z mehnat faoliyatida izchil qo‘llay bilish mahoratiga ega bo‘lishi bugungi kunning muhim talabidir. Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha pedagog kadrlar tayyorlashning sifatini ko‘tarishda talabalarni ilm-fan taraqqiyotining eng so‘nggi yutuqlaridan xabardor qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun fan va texnika sohasidagi yangiliklarni o‘quv dasturlari mazmuniga tez kiritish talab etiladi va bu orqali, zamonaviy bilimlarni shakllantirishga zamin hozirlanadi. Bundan tashqari zamonaviy o‘qitish texnologiyalari, ular bilan bog‘liq metodik yondashuvlar bo‘lajak o‘qituvchilarda zaruriy bilimlar, muhim qonuniyatlar, ko‘plab fundamental tushunchalarni nisbatan yengil, chuqur va mustahkam shakllantirish uchun qulay sharoit yaratadi. Oliy pedagogik ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish va uni rivojlantirish, mazkur jarayonga nisbatan tizimli, kompleks yondashuvni taqozo etadi. Bo‘lajak o‘qituvchining chuqur bilimga, samarali faoliyat yurita olish mahoratiga ega bo‘lishi ma’lum fan asoslari borasida unda yetarli nazariy hamda amaliy bilimlarning, ta’lim jarayonida yangiliklardan unumli foydalanish malakasining qanchalik shakllanganligiga bog‘liqdir. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan talablardan biri bu qisqa vaqt davomida yuqori natijalarga erishish bo’lib, bunda ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi faoliyatida ortiqcha ruhiy hamda jismoniy zo’riqish kuzatilmasligi lozim. Ana shu qisqa vaqt davomida nazariy bilimlar o’quvchiga yetkazib berilishi muayyan ko’nikma va malakalarni shakllantirish, jarayon davomida faoliyatni nazorat qilish, talabalar egallagan nazariy va amaliy bilimlar darjasini baholash o’qituvchidan yuksak mahoratni-ta’lim jarayoniga yangicha yondoshuvni talab qiladi. Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan harakatlar, qabul qilinadigan qonunlar, qarorlar va buyruqlar natijasida ta’lim tizimi kundan kunga rivojlanib, muayyan ishlar amalga oshirilmoda. Biz ushbu bitir ishini bajarish jarayonida quyidagicha umumiy xulosalarga 1. “Badiiy asar tili” modulini ukitishda konseptual jadvaldan foydalanish o‘z maqsadi va mohiyatiga ko‘ra an’anaviy ta’limdan farq qilib, ta’lim oluvchi shaxsining ichki imkoniyatlarini namoyon qilish, rivojlantirish uchun qulay sharoitni yaratishga xizmat qiladi. Bunda ta’lim oluvchilarning o‘zlarini o‘quv faoliyatining sub’ekti sifatida his qilishlari, o‘z ustida ishlashlari, o‘z - o‘zini rivojlantirishlari muhim ahamiyat kasb etadi. 2. “Badiiy asar tili”ning uziga xos xususiyatlarini ilmiy asosda urganish va mualif va kaxramon nutkining individualligini tadkik etishning nazariy asoslari ishlab chikildi 3. “Badiiy asar tili” mavzuini konseptual jadvaldan foydalanib uqitish” modulining uquv – uslubiy ta’minotini shakllantirishga urinildi 4. “Badiiy asar tili” modulining ma’ruza mashg`ulotida konseptual jadvaldan foydalanishga oid tajribalar qilishga harakat qilindi 5. “Badiiy asar tili” modulining amaliy va mustaqil ish mashg`ulotlarida konseptual jadval – grafik organayzerlardan foydalanib uqitish tavsiyalari berildi. Umuman olganda, ushbu modulni o’qitish davomida talabalarga innovatsion texnologiya, pedagogik texnologiya, noan’anaviy ta’lim, ta’lim texnologiyalari, o’qitish texnologiyalari kabi tushunchalarni majmuaviy bog’lanishini ochib berish maqsadga muvofiq. Talabalarga noan’anaviy ta’lim texnologiyalaridan, konseptual jadvaldan foydalanishda asosiy e’tiborni texnologiyani qo’llash jarayonida ularning ko‘proq e’tiborini darsni maqsadiga erishish, milliy qadriyatlarimizga mos g’oyalarni singdirishga qaratish lozimligini uqtirish, buning uchun texnologiyani dars maqsadiga moslab tanlashga o’rgatishga urindik. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling