Konstitutsiyaga taklif etilayotgan o‘zgarishlar ro‘yxat Konstitutsiyadagi 28 ta moddaning roppa-rosa yarmi – 64 tasini o‘zgartirish va ta yangi modda qo‘shish taklif etilyapti


Konstitutsiyaga 421-modda qo‘shilmoqda


Download 198.3 Kb.
bet8/14
Sana13.02.2023
Hajmi198.3 Kb.
#1194230
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
abdullayev omon11

Konstitutsiyaga 421-modda qo‘shilmoqda:
Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, bolalar hamda yoshlarni ma’naviy va axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Amaldagi 43-modda bitta jumladan iborat: “Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi”. Mazkur moddani quyidagicha qayta yozish taklif etilmoqda:
Inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta’minlash – davlatning oliy maqsadidir.
Davlat inson va fuqaroning Konstitutsiyada hamda qonunlarda mustahkamlangan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlaydi.
Har bir shaxs o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.
44-moddaga quyidagicha yangi band kiritilyapti:
Har kim O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishi uchun inson huquqlari bo‘yicha milliy va xalqaro institutlarga murojaat qilishga haqli.
Amaldagi 45-modda quyidagicha bitta banddan iborat: “Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir”. Mazkur moddaga quyidagicha ikkinchi band qo‘shiladi:
Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayot sifatini oshirishga, ularga jamiyat va davlat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ravishda ishtirok etish uchun shart-sharoitlar yaratishga hamda ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan choralar ko‘radi.
49-moddadagi “Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir” degan jumla o‘rniga quyidagilar kiritiladi:
Tarixiy, ma’naviy, madaniy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Davlat va jamiyat milliy qadriyatlarni himoya qilish, O‘zbekiston xalqi ma’naviy va madaniy merosining uzluksizligini ta’minlash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.
Amaldagi 52-moddada shunday yozilgan: “O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish – O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar”. Yuqoridagi ikki jumladan oldin quyidagicha yangi jumla kiritiladi:
“Vatanga bo‘lgan sadoqat muqaddasdir”.
53-moddaga iqtisodiyot va tadbirkorlikka oid qator yangi normalar, xususan quyidagilar qo‘shiladi:
Tadbirkorlar qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga, o‘z faoliyatining yo‘nalishini mustaqil ravishda tanlashga, tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad olishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasida tovarlarning, xizmatlarning, ishchi kuchining va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi.
Iqtisodiy faoliyatda insofsiz raqobatga, monopollashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi.
Konstitutsiyaga yangi 531-modda qo‘shiladi:
Hech bir shaxs o‘z mol-mulkidan sudning qarorisiz mahrum etilishi mumkin emas. Mulkni jamoat ehtiyojlari uchun majburiy ravishda boshqa shaxsga o‘tkazish qonunda nazarda tutilgan alohida hollarda hamda tartibda uning o‘rnini oldindan va teng qiymatda qoplash sharti bilan amalga oshirilishi mumkin.

Download 198.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling