Konstitutsiyaga taklif etilayotgan o‘zgarishlar ro‘yxat Konstitutsiyadagi 28 ta moddaning roppa-rosa yarmi – 64 tasini o‘zgartirish va ta yangi modda qo‘shish taklif etilyapti


Download 198.3 Kb.
bet2/14
Sana13.02.2023
Hajmi198.3 Kb.
#1194230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
abdullayev omon11

15-modda quyidagicha norma bilan to‘ldirilyapti:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega bo‘lib, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi.
16-moddadagi: “Mazkur Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas” degan qoida kengaytirilmoqda:
Ushbu Konstitutsiyaning birorta qoidasi inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining huquq va manfaatlariga, ushbu Konstitutsiyaning birinchi bo‘limida nazarda tutilgan asosiy prinsiplarga va qoidalarga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas.
17-moddaning birinchi qismi amaldagi tahriri bunday: “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’yektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi”.
Mazkur moddaning yuqoridagi birinchi qismi o‘rniga quyidagicha birinchi va ikkinchi qismlarni kiritish taklif etilyapti:
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’yektidir. Uning tashqi siyosati inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish, davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga hamda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
O‘zbekiston barcha davlatlar bilan do‘stona va tinchliksevarlik tashqi siyosat olib boradi
Amaldagi 17-moddaning quyidagicha ikkinchi qismi o‘zgarmay qoladi va uchinchi qismga aylanadi: “Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin”.
20-moddaga inson huquqlarining cheklanishini tiyib turishga oid quyidagicha norma qo‘shilyapti:
Insonning huquq va erkinliklari faqat qonun bilan va boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini, shuningdek jamoat xavfsizligini va tartibini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan doirada cheklanishi mumkin.
22-moddaga quyidagicha yangi qoidalar kiritilmoqda:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistondan tashqariga chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi mumkin emas.
Davlat xorijda yashayotgan fuqarolar va vatandoshlar bilan aloqalarning saqlanib qolishi hamda rivojlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.

Download 198.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling