Konstitutsiyaga taklif etilayotgan o‘zgarishlar ro‘yxat Konstitutsiyadagi 28 ta moddaning roppa-rosa yarmi – 64 tasini o‘zgartirish va ta yangi modda qo‘shish taklif etilyapti
Download 198.3 Kb.
|
abdullayev omon11
- Bu sahifa navigatsiya:
- 36-moddadagi
29-moddada internetdan foydalanish har kimning huquqi deb e’lon qilinmoqda (hozircha istisnolar, xususan sud qarorlari bilan cheklashga oid qo‘shimchalar loyihada yo‘q):
Har kim internet jahon axborot tarmog‘iga kirish va undan erkin foydalanish huquqiga ega. 30-moddada shaxsning o‘ziga taalluqli hujjatlar va ma’lumotlarga oid huquqlari aniq yozilmoqda: Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga o‘z huquqlariga va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan qonunchilik hujjatlari, shuningdek hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlashi shart. Har kim davlat organlarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida, jamoat birlashmalarida, tashkilotlarda o‘zi haqida to‘plangan ma’lumotlar bilan tanishish va noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, shuningdek noqonuniy yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmagan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab etish huquqiga ega. 32-moddaga mahalla idoralariga oid ta’rif kiritilyapti: Fuqarolarning mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning o‘ziga xos tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar hamda an’analardan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda va qonun doirasida hal etish huquqi hamda uni amalga oshira olish qobiliyati fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi deb e’tirof etiladi. 36-moddadagi: “Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli” degan jumla quyidagicha o‘zgartirilyapti: Har kim qonun bilan muhofaza qilinadigan mulkka, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqqa ega. 37-moddaga mehnat huquqiga doir quyidagicha normalar qo‘shilyapti: Har kim mehnati uchun hech qanday kamsitilishlarsiz va belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish huquqiga ega. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning o‘zi va oilasi yashashi uchun yetarli bo‘lishi kerak. Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. Har bir ishlovchi ayol homilador bo‘lgan taqdirda va tug‘ish davrida haq to‘lanadigan ta’tilga hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqni parvarish qilish uchun ta’tilga yoki bolani farzandlikka olish uchun ta’tilga chiqish huquqiga ega. Shu moddadagi: “Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi” degan jumladan keyin quyidagicha yangi jumla qo‘shilmoqda: Majburiy mehnatdan va bolalar mehnatining eng yomon shakllaridan foydalanish taqiqlanadi hamda bu qonunga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘ladi. Download 198.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling