Konstitutsiyaga taklif etilayotgan o‘zgarishlar ro‘yxat Konstitutsiyadagi 28 ta moddaning roppa-rosa yarmi – 64 tasini o‘zgartirish va ta yangi modda qo‘shish taklif etilyapti


Download 198.3 Kb.
bet6/14
Sana13.02.2023
Hajmi198.3 Kb.
#1194230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
abdullayev omon11

38-moddadagi: “Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi” degan jumla quyidagicha o‘zgartirilmoqda:
Har bir shaxs dam olish huquqiga ega. Yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga, dam olish va bayram kunlari, haq to‘lanadigan har yilgi ta’tilga chiqish huquqiga ega.
39-moddadagi “Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas” degan jumladagi “tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor” degan so‘zlar “eng kam iste’mol xarajatlari” deb o‘zgartirilmoqda.
39-moddaga ijtimoiy himoyaga oid quyidagicha yangi bandlar ham qo‘shilyapti:
Davlat ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand va kam ta’minlangan, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni qonunda belgilangan tartibda uy-joy bilan ta’minlaydi.
Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini amalga oshirish uchun zarur teng sharoitlarni yaratadi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan har qanday ajratib qo‘yish, hisobga olmaslik, chetlatish, cheklash yoki ortiqcha yon bosish, shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarning obektlar va xizmatlardan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratishdan bo‘yin tovlash taqiqlanadi.
40-moddaga sog‘liqni saqlashga oid quyidagicha normalar qo‘shilyapti:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning qonunda belgilangan hamda tez va shoshilinch tibbiy yordamni ham o‘z ichiga oladigan kafolatlangan hajmini bepul olishga haqli.
Davlat sog‘liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlarini rivojlantirish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, tibbiy sug‘urtaning turli shakllarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur choralar ko‘radi.
Davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va himoya qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Davlat Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini himoya qilish va tiklash, uni ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish bo‘yicha zarur choralar ko‘radi.

Download 198.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling