Konstitutsiyaviy huquq kazus javoblari
Xatlar va fuqarolarni qabul qilish bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
Download 304.6 Kb.
|
Konstitutsiyaviy huquq kazus javoblari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
- Sеnat tomonidan rad etilgan qonun qayta korib chiqilib, Qonunchilik palatasi dеputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat kopchilik ovozi bilan yana maqullandi hamda Sеnatga yuborildi.
Xatlar va fuqarolarni qabul qilish bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Qonunchilik palatasiga kelib tushayotgan va undan chiqib ketayotgan xatlarga doir ishlarni tashkil etish; jismoniy va yuridik shaxslarning Qonunchilik palatasiga kelib tushayotgan murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish; jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari buzilishini keltirib chiqarayotgan sabablarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish. Umumiy bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Qonunchilik palatasi, uning Kengashi majlislariga tashkiliy-texnik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash; ish yuritishni olib borishda Qonunchilik palatasining qo‘mitalariga (komissiyalariga), deputatlar birlashmalariga va Qonunchilik palatasi Devonining tuzilmaviy bo‘linmalariga uslubiy yordam ko‘rsatish; Qonunchilik palatasida ish yuritishni tashkil etish va ta’minlash; Qonunchilik palatasi, uning Kengashi majlislarining va Qonunchilik palatasida o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarning stenogrammalari hamda bayonnomalari o‘z vaqtida yuritilishi va rasmiylashtirilishini tashkil etish; Qonunchilik palatasi kutubxonasining ishini tashkil etish.[4] 11. Япония парламенти ва Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик палатаси ўртасида қонун ижодкорлиги соҳасида тажриба алмашишни кўзда тутувчи икки томонлама алоқаларни мустаҳкамлаш тўғрисида парламентлараро битим имзоланди, шу муносабат билан Қонунчилик палатаси депутатлари ва Япония парламенти аъзолари орасидан парламентлараро гуруҳ тузилди. Сенат ташқи ишлар вазирлиги ушбу ҳамкорлик тўғрисида маълумот олиб, кенг жамоатчиликни ушбу факт ҳақида хабардор қилиш учун матбуот анжумани ташкил қилди ва ушбу парламентлараро гуруҳга бир нечта сенатор ҳам киритилишини ва улардан бири унга раҳбарлик қилишини эълон қилди. Парламентлар ўртасида ҳамкорлик тўғрисидаги битимлар қандай тузилади? сайланган халқ вакилларининг халқаро миқёсдаги фаолияти тўғрисида мамлакат аҳолисининг маълумотлар бериш ва сайловчиларни хабардор қилиш қандай тартибда амалга оширилади? Сенат ҳаракатларига ҳуқуқий баҳо беринг. Demak, ushbu kazusga javob berishda quyidagi muommoli savolllarni ajratib olsak, Senat vakilatlari qanday? So’ngi yillardagi xalqao hamkorlik shartnomalari haqida ma’lumot. Senat vakolatlarga to’xtalib o’tsam. Senatning mutlaq vakolatlari jumlasiga: 1) Senat Raisini va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislarini va ularning o‘rinbosarlarini saylash; 2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash; 3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash; 4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash; 6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash; 7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash; 8) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish; 9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish; 10) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish; 11) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Senat a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish; 12) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish. So‘nggi yillarda xalqaro hamkorlikning konferensiya, ko‘p yoki ikki tomonlama bitim kelishuvi, shartnoma, dasturlar deb ataluvchi shakllarga paydo bo‘ldi. Tabiat muhofazasini u yoki bu aspekti bo‘yicha mamlakatlarda qabul qilingan majburiyatlar, ularning yakuniy ifodasidir. Bu konferensiyalarning eng ahamiyatlisi quyidagilar: - uzoq masofada havoning tarnschegaraviy ifloslanishi to‘g‘risida (1979 yil); - ozon qatlamini muhofazasi to‘g‘risida (1992 yil); - dengizlarni chiqindi va boshqa mahsulotlar Bilan ifloslanishi oldini olish to‘g‘risida (1975 yil); - Qora dengizni ifloslanishdan saqlash bo‘yicha (1992 yil); - biologik turli-tumanlik to‘g‘risida (1992 yil); - butun dunyo madaniy va tabiiy meroslarini muhofaza qilish to‘g‘risida va boshqalar. Yuqorida ko‘rsatilgan konvensiyalar ko‘zda tutilgan maqsadga erishishda aniq choralarni qo‘llashni oldindan ko‘rsatib beradi. Masalan: “Havoni transchegaraviy ifloslanishi to‘g‘risida”gi konvensiyada ma’lum vaqtga oltingugurt ishlab chiqarishni kamaytirish, azot oksidlanishini me’yorida bo‘lishi vazifalari ko‘rsatiladi. So‘nggi yillarda chidamli organik birikmalar va og‘ir metallarni chiqarib tashlashni chegaralash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda. 1996-1997 yillarda bu konvensiya bir necha kelishuvlar bilan yana to‘ldirildi. Shu kabi maqsadlar atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha konvensiya va bitim doirasida ishlab chiqilgan xalqaro dasturlarga ega. 1993 yilda Markaziy va Sharqiy Yevropa uchun tabiat muhofazasi bo‘yicha harakat dasturi qabul qilindi va mintaqada harakat qiluvchi xalqaro tashkilot va xususiy investorlarning Yevropa kengashi komissiyasi tashkil etildi. Dastur asosini quyidagilar tashkil etdi: - siyosatni isloh qilish; - konstitutsion tizimni mustahkamlash; - investitsiya. Harakat dasturi strategik yondashuv uchun barcha tadbirlarni qamrab olgan. Asosiy e’tibor, birinchi navbatda o‘tkaziladigan harakatlarga qaratiladi. Ammo shu shart bilan-ki, ya’ni uzoq muddatli ekologik – iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilinishi Bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Ekologik yondashishi harjat va nafni sinchkovlik Bilan tahlil qilinishiga asoslanish kerak. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagimavjud resurslar atrof-muhit holatini yaxshilash uchun juda chegaralangan imkoniyatiga ega. Nari borsa kelasi, besh-o‘n yilni o‘z ichiga olishi mumkin. Chegaralangan resurslar birinchi navbatda eng zarur muammolarni yechish uchun soliqlar, harajatlarni qoplash sxemasi kabi bozor mexanizmi elementlaridan foydalanish, atrof-muhitni orzu qilingan holatga keltirishda yordam beradi. Bunga, albatta tartibga solishning odatiy yondashuvlari bilan erishiladi. Tartibga solish chora-tadbirlarni o‘tkazish, asosan mayda ifloslantiruvchi zarrachalarning zararini sinash nazorati orqali amalga oshiriladi (og‘ir metallar, ayniqsa qo‘rg‘oshin zarralari, zaharli kimyoviy vositalar). Birinchi navbatda diqqat e’tiborni lokal muammolarga qaratish kerak. Ko‘pgina odamlar, ularning sog‘ligiga ta’sir ko‘rsatuvchi atmosfera, tuproq tarkibidagi qo‘rg‘oshin, havodagi oltingugurt changlari, nitratlar hamda ichilik suvi va oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi zararli vositalardan jabrlanadilar. Bu muammoni yechish sog‘liqni saqlash va farovonlikni oshirishga kata naf keltiradi. Zararli chiqindilarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar keng miqyosli transchegaraviy va sayyoraviy muammolarni hal qilishda ham o‘z hissasini qo‘shishi kerak. Avvalo, ekologik zarar keltirganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi masalalarini hal qilish muhimdir. Buni aniqlamaslik moliyalashtirish va xususiylashtirishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Hukumat, amaliy maqsadlarda oldin ifloslanish Bilan bog‘liq zararlarni qoplash bilan shug‘ullanishi kerak. Hukumat ekologik standartlarni aniq belgilashi kerak. Chunki, bugungi korxonalarning egaligi yangi qoidalarga rioya qilishlari kerak hamda yangi sharoitga o‘tib ishlash davrini ham aniqlash kerak. Homiy mamlakatlar Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari transchegaraviy va sayyoraviy muammolarning yechimini tezlashtirish uchun mablag‘ ajratish masalalarini ko‘rib chiqishlari kerak. Sarf-harajatlarni minimum darajasiga qadar kamaytirish Yevropa mamlakatlarining aksariyat qismini diqqat e’tiborida turibdi. Agar transchegaraviy oqimlarga sarf-harajatlar qisqarsa, mamlakatlar boshlang‘ich erkin harakat qiladilar yoki eng muhim vazifalarni bajaradilar. Ekologik – iqtisodiy dastur vazifalarini amalga oshirish uchun g‘ator xalqaro tashkilotlarning moliyaviy yordami imkoniyati xalqaro hamkorlikning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Bu yordamni Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta fondi, Qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti bo‘yicha Xalqaro fond. YUNEF fondi va boshqalar ajratishi mumkin. Xo’sh bitm nima? Bitim — 1) huqukda shartnoma, kontrakt, xalkaro shartnoma, konvensiya tushunchalarining sinonimi. 2) Oʻzbekiston Respublikasining FK boʻyicha fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakati. B. bir taraflama, ikki taraflama yoki koʻp taraflama boʻlishi mumkin (qarang Shartnomalar). B. tuzish uchun qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq bir tarafning xohishi zarur va yetarli bulsa, bunday B. bir taraflama B. hisoblanadi. B.lar ogʻzaki yoki yozma (oddiy yoki notarial tasdiqlangan) shaklda tuziladi. Yer uchastkalari va boshqa koʻchmas molmulk bilan bogʻliq B.lar (boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzok, muddatli ijara, merosni qabul qilib olish va boshqalar) davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak. Qonun talablariga muvofiq kelmaydigan, shuningdek huquqtartibot yoki axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan B.; 14 yoshga toʻlmagan shaxslar; ruhiy kasalligi va aqli zaifligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan Bitm qalbaki va koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan B. oʻz-oʻzidan haqiqiy emas. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxslar; muomala layoqati cheklangan fuqarolar; harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki boshqara olmaydigan fuqarolar tomonidan; shuningdek yanglishish taʼsirida tuzilgan B.; aldash, zoʻrlik, qoʻrqitish, bir taraf vakilining 2taraf bilan yomon niyatda kelishishi yoki ogir holatlar yuz berishi taʼsirida tuzilgan B.; yuridik shaxs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqadigan B. sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi mumkin. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qonun Senatga shu shartnoma rasmiy matnining tasdiqlangan nusxasi va uni ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish maqsadga muvofiqligining asoslarini o‘z ichiga olgan hujjatlar bilan birgalikda kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi Senat tomonidan ma’qullangan qonun imzolash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi. Boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar Senat a’zolari orasidan tashkil etiladi, uning tarkibi Senat Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi. Senat va Qonunchilik palatasi birgalikda Senat a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar tashkil etishi mumkin, ularning tarkibi Senat Kengashi va Qonunchilik palatasi Kengashining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi. Hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar faoliyatining tartibi Senat Kengashi va Qonunchilik palatasi Kengashining qo‘shma qarori bilan belgilanadi. Fuqarolarga esa bu matbuotda e’lon qilinadi. 12. O'zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kеlib tushgan qonun loyihasi uch o'qishda qabul qilinib, ma'qullash uchun O'zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Sеnatiga yuborildi. Biroq, qonun Sеnat tomonidan rad etilib,Qonunchilik palatasiga qaytarildi. Sеnat tomonidan rad etilgan qonun qayta ko'rib chiqilib, Qonunchilik palatasi dеputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko'pchilik ovozi bilan yana ma'qullandi hamda Sеnatga yuborildi. Download 304.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling