Konstitutsiyaviy huquq kazus javoblari


Вазиятга ҳуқуқий баҳо беринг


Download 92.29 Kb.
bet19/25
Sana17.06.2023
Hajmi92.29 Kb.
#1548945
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq kazus yakuniy

Вазиятга ҳуқуқий баҳо беринг.
Saylov — ovoz berish orqali davlat organlari, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tuzilmalarni tashkil etish vositasi. Fuqarolarning oʻz saylov huquqini amalga oshirishi — ularning davlatni boshqarishda ishtirok etishining eng muhim shakllaridan biri. Saylov oʻtkazish tartibi va qoidalari, odatda, har bir davlatning konstitutsiyasi va boshqa konstitutsiyaviyhuquqiy hujjatlarda belgilanadi. Saylov turli koʻrinishda boʻladi. Unda aholi qatnashishi yoki ularning vakillarigina ishtirok etishi mumkin. Saylov ochiq yoki yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Qaysi organ saylanayotganligiga qarab parlamentga yoki prezidentlikka S, parlamentning umumiy yoki bir qismi uchun S oʻtkazilishiga qarab yalpi yoki qisman saylov boʻlishi mumkin. Hududiga qarab umumdavlat yoki mahalliy; oʻtkazilish vaqtiga qarab navbatdagi yoki muddatdan oldingi; bir partiyali, koʻp partiyali yoki partiyasiz; muqobillik asosida va nomuqobil (agar yagona nomzod koʻrsatilsa); toʻgʻri yoki koʻp bosqichli; asosiy yoki qoʻshimcha saylov oʻtkazilishi mumkin.
Yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladigan saylovlarda saylovchilar oʻz tanlovlarini berilgan varaqaga yozib, saylov qutisiga tashlashadi.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan, mamlakat Prezident saylovi, OʻzR Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishlicha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabr oyi 3-oʻn kunligining 1-yakshanbasida oʻtkaziladi. Saylovlar umumiy, teng, toʻgʻridantoʻgʻri S huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi (yana q. Saylov tizimi, Saylov huquqi)[1].


2021-yil 8-fevral kuni qabul qilingan „Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida“gi qonunga binoan saylovlar oktabr oyida oʻtkazilishi belgilandi. Yaʼni Prezidentlikka saylov, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitusiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — oktabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkazilishi belgilandi (ilgari dekabr oyida edi)[2]. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tayyorlangan qonunning konsepsiya variantida saylovlarni mart oyiga koʻchirish haqidagi taklif ham boʻlgan. Fuqarolar bilan oʻtkazilgan seminar tadbirlarda hamda ommaviy axborot vositalari orqali kelib tushgan takliflarda ham mart, may, avgust va sentabr oylari qayd etilgan. Biroq saylovlarni oktabr oyida oʻtkazish boʻyicha 70 foizdan ortiq taklif fuqarolardan kelganligi bois shu oyga koʻchirilgan.[3]
Saylovlarning statistik tahlili bilan shugʻullanuvchi fan psefologiya deyiladi
Saylov kuni saylov uchastkasiga kelgan Samarqand viloyat teleradiokanali hodimlari, nomzodga nima sababdan ovoz berayotgani, saylovda kim g’olib chiqishi mumkinligi, saylovchilar bu saylovlardan qanday natija kutayotgani haqidagi fikrlarni o’rgana boshlagani bizga ma’lum. Buning ortidan viloyat teleradiokanali hodimlari saylov natijalarini taxmin qila boshlashdi. Shu bilan birga uchastka saylov komissiyasi raisi bu holatdan xabar topib, viloyat teleradiokanali hodimlariga intervyu, radioeshittirish va reportajlarni ta’qiqlab qoydi.
Saylov uchastkasi raisining harakatlaridan norozi bo‘lgan viloyat teleradiokanali xodimlari saylov qonunchiligi normalariga muvofiq ochiqlik, oshkoralik, erkinlik, adolat tamoyillariga muvofiq o‘tishi kerakligini aytib, o‘z e'tirozlarini bildirishdi. Bundan tashqari, ular uchastka saylov komissiyasi raisi ustidan, Markaziy saylov komissiyasiga shikoyat qilishlarini ta'kidladilar.
Endi muammoli vaziyatga huquqiy baho bersak, saylov uchastkasida saylov jarayoni saylov qonunchiligi normalariga muvofiq ochiqlik, oshkoralik, erkinlik, adolat tamoyillariga muvofiq o‘tishi kerak. Buning isboti sifatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining quyidagi moddalarini misol qilib olishimiz mumkin.
117 -modda
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so‘ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar.
Buning ustiga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XV bobi 67- moddasida Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar.
Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan xulosa qilib, shuni aytish joizki saylov uchastkasi raisining viloyat teleradiokanali xodimlariga qo’ygan cheklovi mutlaqo mantiqqa to’g’ri kelmaydi. Ommaviy axborot vositalari erkin va qonunga muvofiq ishlaydi.


20. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasiga binoan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga asosan va unga muvofiq respublikaning butun hududida majburiy boʼlgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʼzbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy boʼlgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Oʼzbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar toʼgʼrisida" gi Qonuning 5-moddasida normativ-huquqiy hujjatlarning turlari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, lekin Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlar qismida faqat qarorlar koʼrsatilgan. Vazirlar Mahkamasining farmoyishida normativ-huquqiy hujjat turi sifatida koʼrsatilmagan.

Download 92.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling