Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/42
Sana06.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1693477
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
Bog'liq
Yangi konstitutsiya matni.pdf

119-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasi oʻrtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda 
Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi 
tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif 
boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 
muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi 
masala kiritiladi. 
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi, agar Oʻzbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy 
sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. 
Bunday holatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan 
ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga isteʼfoga chiqadi. 
XXI bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning
oʻzini oʻzi boshqarish organlari 
120-modda. 
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga boʻysunadigan shaharlardan 
tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyati vakillik organlaridir. 
Xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq 
saylanadigan rais boshchilik qiladi. 
Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning 
oʻzida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas.
Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari muddati – besh yil.
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, 
shahar xalq deputatlari Kengashining raisi etib saylanishi mumkin emas. 
Xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovi va xalq deputatlari 
Kengashlarining faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi. 
Yangidan tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birliklarda xalq deputatlari 
Kengashlariga saylov xalq deputatlari Kengashlariga navbatdagi umumiy 
saylovlarga qadar qolgan davrdan oshmaydigan muddatga oʻtkaziladi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling