Konstruktsiyalari va
II-BOB. ISHLATILGAN MATERIALLAR VA TADQIQOT
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Yog‘och-qurilish-PECHAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Qo‘llanilgan xom ashyo, modda va materiallar
- 2.2. Tajribalarni o‘tkazish usullari
II-BOB. ISHLATILGAN MATERIALLAR VA TADQIQOT
USULLARI Tadqiqotda ishlarida yangi tozalangan reagentlar va erituvchilar ishlatildi. Ularning tozaligi nurni sindirish ko‘rsatkichi (n d 20 ), zichlik (d n 20 ) va qaynash xarorati (T, o S) [64; 244 b, 66; 614 b, 72; 242-263, 73; 240 b, 74; 360 b, 77; 164 b ] ko‘rsatkichlari bilan nazorat qilin- di. 2.1. Qo‘llanilgan xom ashyo, modda va materiallar 1. Yog‘och qurilish konstruksiyalari - to‘sin, storopila, reyka, laga. 2. Maydalangan yog‘och qipiqlari, tolalari (texnik maxsulot). 3. Maydalangan g‘o‘za poya. 4. Epoksid smolasi markasi ED-20 (GOST 10582-76), texnik mahsulot. 5. Polietilenpoliamin (PEPA) (TU MXP-2538-55) - texnik mah- sulot. 6. Karbamid-formaldegid smolasi (KF-MT, GOST 9359-60) - bu texnik mahsulot. 7. RS1 3 - fosfor trixlorid. (GOST 4670-77). Texnik mahsulot. 8. “Maksam-Ammofos” OAJ tarkibidagi fosforli azotli chiqindi- lar kulrang mahsulot bo‘lib, uzoq muddatli saqlash davomida o‘ziga xos hidga ega. 9. Ammofos selitrasi o‘ziga xos hidli oq kristalli mahsulotdir. Uzoq muddatli saqlash paytida barqaror. “Maksam-Ammofos” OAJ mahsuloti. (GOST 5689-79). 2.2. Tajribalarni o‘tkazish usullari Fosfor dastlab «Maksam-Ammofos» OAJning fosfor-azotli chiqindilaridan olingan kalsiy fosfatdan olingan, bu holda qayta tiklash vositasi koks - C, shlak hosil qiluvchi vositasi esa - SiO 2 . hisoblanadi. Epixlorgidrin, fosfor kislotasi bilan polikondensatsiyasi 28 quyma va eritma shaklida amalga oshirildi. Boshlovchi qismlarning ma’lum miqdori ampulaga joylashtirildi va muzlatilgan shakldagi reaksiya aralashmasi yuqori vakuumda gazsizlanib, muhrlandi. Ke- yin ampulani termostatga (T =30-60 o S ± 0,02) botirib, ma’lum va- qtdan keyin ochildi. Olingan mahsulot etanol bilan ishlov berildi va oltingugurtli efirga cho‘ktirildi, so‘ngra doimiy og‘irlikda vakuum- da quritildi. Ampulalarda polimerlarning sintezi amalga oshirildi. Epixlorgidrinni fosfor kislotasi bilan aralashtirishda, ham vaznda, ham organik erituvchilar keng harorat oralig‘ida, erkin monomer molekulalari bo‘lmagan yuqori molekular moddalar hosil bo‘li- shi, ya’ni qaytarib bo‘lmaydigan polikondensatsiya jarayoni sodir bo‘ladi. Fosfor kislotasi bilan epixlorgidrinni polikondensatsiyalan- ish qonuniyatlari 40-60 o S harorat oralig‘ida 300 daqiqa davomida boshlang‘ich tarkibiy qismlarning ekvimolyar nisbatida o‘rganildi. Polikondensatsiya jarayonining borishi kislota guruhlarini potensi- ometrik titrlash orqali boshqarildi. Qisqartirilgan yopishqoqlikning o‘zgarishi va vodorod xloridining chiqarilishi tavsiflangan jaray- onlarning bevosita natijasi bo‘lganligi sababli, bu ikki omilning miqdoriy bahosi EXG va FKning polikondensatsiyalanish tezligini aniqlash usuli bo‘lib xizmat qildi. Olingan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki (2.1-rasm), EXG va FKning polikondensatsiyasi natijasida hosil bo‘lgan vodorod xlor- id miqdorining reaksiya davomiyligiga bog‘liqligi S -shakliga ega. 29 60 dan 150 daqiqagacha bo‘lgan davrda NCI ning jadal ajralishi sodir bo‘ladi, bu polikondensatsiya reaksiyasining yuqori tezlig- ini tavsiflaydi [114; 73-75 b, 115; 22-28 b]. Taxminan 180-275 daqiqadan so‘ng (haroratga qarab) NCI chiqarilishi to‘xtaydi va nazariy jihatdan 75-85 % ga yetadi. Shunga o‘xshash muntazam- lik EXG:FK ning tavsifida polikondensatsiya jarayoni, pasaygan yopishqoqlikning o‘zgarishi va polikondensatsiya mahsulotlarining kislota sonining natijalari bilan tasdiqlanadi (2.2-rasm). Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, polikondensatsiya reaksiyasining tezligi harorat- ga bog‘liq. O‘rganilgan harorat oralig‘ida (40-60 o S) - eng yuqori reaksiya tezligi 60 o S da kuzatiladi [116; 159-162 b, 117; 60-62 b]. Konversiya (aylantirish) darajasining EXG va FK ning polikon- densatsiya reaksiyasi davomiyligiga bog‘liqligi 2.3-rasmda keltiril- gan. Yuqoridagi natijalardan ko‘rish mumkinki, vaqt o‘tishi bilan polikondensatsiya darajasi mutanosib ravishda oshib boradi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling