Konstruktsiyalari va
-rasm. Termik parchalanish va yog‘ochning
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Yog‘och-qurilish-PECHAT
3.4-rasm. Termik parchalanish va yog‘ochning
yonish sxemasi (chizmasi). Olingan eksperimental ma’lumotlarga asoslanib, isitish bosqichi- da 3.4-rasmda ko‘rsatilgan quyidagi jarayon sxemasini taklif qi- lishimiz mumkin, so‘rilgan gazlar va bug‘ chiqariladi. 3.4-rasmda, bu A zonasiga to‘g‘ri keladi, B zonasida o‘t oldirish natijasida ke- lib chiqadigan yonish, gemisllyuloza parchalanish mahsulotlarining oksidlanishi bilan bog‘liq. S zonasida sellyulozaning jadal parchala- nishi yonuvchan uchuvchi mahsulotlarning o‘z-o‘zini yonishi uchun yetarli miqdorda hosil bo‘lishiga olib keladi. Ligninning termal (is- siqlikdan) parchalanishi keng harorat oralig‘ida sodir bo‘ladi va har ehtimolga qarshi u ko‘mir qoldiqlarini kuyishning keyingi bosqichi- da (parchalanishda) ishtirok etadi. O‘t oldirish manbai bo‘lmasa, belgilangan harorat chegaralari o‘zgaradi. Yog‘och va uning tarkibiy qismlarining pirolizi yetarli- cha batafsil o‘rganildi. Biroq, mutaxassis ushbu sxemani yong‘inga qarshi ta’sir mexanizmini o‘rganishda eng qulay sifatida ishlatishi mumkin. Olovdan himoya qiluvchi ishlov berish termal parchalanish jarayonini o‘zgartiradi, natijada yonuvchan uchuvchi mahsulotlar- ning umumiy hosildorligi pasayadi. Qattiq qoldiqda ham ma’lum o‘zgarishlar yuz beradi. Biz eksperimental ravishda yog‘och materiallarining yonishi bir necha bosqichda isitish, yog‘och majmuasi tarkibiy qismlarining past haroratli pirolizi, ularning yonib ketish uchuvchi mahsulotla- rini ajratish, alangalanish va qattiq qoldiqning yonishi iboratligi- ni aniqladik. Yondirilganda yog‘och harorati 330 °S ga yetganda yonishni boshlaydi. 47 Piroliz zonasi doimiy yonish jarayonida ichki qismga deyarli doimiy tezlikda tarqaladi va tashqarida yog‘och ko‘mir qatlami hosil bo‘ladi. Uning yonishining to‘liqligi yonish zonasiga kiradigan kis- lorod miqdori bilan belgilanadi. Yog‘och materiallarini yong‘indan himoya qilish nuqtai nazaridan olovni yoqish bosqichi issiqlikning asosiy manbai sifatida ayniqsa muhimdir. Shunday qilib, yog‘och yoqilganda uchuvchan mahsulotlar ulushi umumiy issiqlikning 80 foizini, sellyulozani yonishi esa 74 foizni tashkil etadi [176; 205- 209 b]. Yog‘och qurilish materiallarini olovdan himoya qiluvchi ishlov berish (yong‘inga chidamligini oshirish) yuzada yoki sirtda olov tarqalish intensivligini pasaytirishga qaratilgan deb ataladi. Bun- day ishlov berish natijasida yonish paytida issiqlikning umumiy miqdorini kamaytirish qo‘shimcha afzallik sifatida qaraladi. Yog‘och plitalarning yonuvchanligini kamaytirishning amaliy usullari yonish jarayonining individual bosqichlarini bostirishga asoslangan. Yog‘och qurilish konstruksiya va materiallarining olovdan hi- moya qiluvchi maqbul tarkibini ishlab chiqish yonishdan oldin ham, yonish paytida ham sodir bo‘ladigan hodisalarni o‘rganishga asos- langan bo‘lishi kerak. Alohida bosqichlarni tizimli yo‘naltirilgan tartibga solish umumiy yonish jarayonini yengillashtirishi mumkin. Ushbu bo‘limda sintez qilingan fosfor tarkibidagi olovdan hi- moya qiluvchi tarkiblar (polimerlar)ning yog‘och qurilish materiali- ni olovdan himoya qiluvchi xususiyatlarini, sintez qilingan polimer antipirenlarining xususiyatlari va ta’sir mexanizmini o‘rganish nati- jalari berilgan. Fosforni o‘z ichiga olgan olovdan himoya qiluvchi tarkiblar va antipirenlarning harakati qattiq fazada (piroliz va sirt zonalarida) namoyon bo‘ladi, ularda termal oksidlanishni ushlab turuvchilari (ingibitorlari) va kokslash katalizatorlari rolini o‘ynaydilar [178; 64-67 b]. Shu nuqtai nazardan, biz sintezlangan polimer olovdan himoya qiluvchi tarkiblar bilan ishlov berilgan yog‘och qurilish konstruk- siya va materiallarining fizik-kimyoviy xususiyatlarini (materiallar- ning parchalanish haroratini) o‘rganib chiqdik, chunki ularni bilib, biz piroliz zonasida va sirtning yonish zonasida ro‘y beradigan jarayonlarda ushbu antipirenlarning ishtirok etish darajasini taxmi- 48 nan aniqlashimiz mumkin [180; 56 b, 183; 96-104 b, 176; 205- 209 b]. Yonishning sekinlashtirilishini yuqori samaradorligi, himoya qilingan materialga bir yoki boshqa antipirenlarni to‘g‘ri tanlash va kiritish, ularning muvofiqligi, eruvchanligi, erish nuqtalari, anti- pirenlarning parchalanishi, shuningdek materiallarning parchalanish harorati bilan erishiladi. 3.1-jadvalda sintez qilingan polimer antip- irenlarning ba’zi xususiyatlari ko‘rsatilgan. Yonish issiqligi bilan hosil bo‘lish issiqligi va bog‘lovchi ener- giya o‘rtasida funksional bog‘liqlik borligi ma’lum. Yonish issiqligi, kislorod indekslari va yong‘in ko‘rsatkichlari o‘zaro bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ba’zi hollarda yonishning o‘ziga xos issiqligida va yong‘in ko‘rsatkichlari yoki kislorod indekslarining teskari qiy- matlarida simbat o‘zgarishi mumkin. Qulaylik uchun biz quyidagi formulada aniqlanadigan o‘rta bog‘lanishning energiya zichligi tus- hunchasini kiritamiz: bu yerda N Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling