Konsultantning mijoz xulq-atvoriga javob reaksiyasi


O`zaro refleksiya o`zaro ta’sir asosi sifatida


Download 22.32 Kb.
bet3/5
Sana21.06.2023
Hajmi22.32 Kb.
#1644691
1   2   3   4   5
Bog'liq
KONSULTANTNING MIJOZ XULQ-ATVORIGA JAVOB REAKSIYASI

O`zaro refleksiya o`zaro ta’sir asosi sifatida
Refleksiya – muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasida turib, o`zini tasavvur qilishdir, o`ziga birovning ko`zi bilan qarashga intilishdir.
Psixologik ta'sir − bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta'sir ko`rsata olishdir.
Verbal ta’sir − bu so`z va nutqimiz orqali ko`rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so`zlardir.
Paralingvistik ta’sir − bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar: tovushlar, to`xtashlar, duduqlanish, yo`tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi.
Noverbal ta’sir Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o`rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa va signallar kiradi. Psixologlar turli muloqot vaziyatlariga duch keladilar va har bir vaziyatda ulardan o`tkir didlik, odob, kishilarning psixologiyasini bilgan holda ularni to`g`ri tushunish malakasi talab qilinadi.
Aktiv holat. Bu agar kreslo yoki divan kabi mebel bo`lsa, unga bemalol yastanib yoki yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash kabi harakatlar bilan uning har bir so`ziga qiziqishni bildiradi.
Samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suhbatdoshni o`ziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda o`zining har bir so`ziga uni ham ko`ndirishning samarali yo`lidir.
O`ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o`zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish.
Muloqot o`zaro ta’sir usuli sifatida, muloqot darajasi
Shaxslararo muloqot jarayoni juda murakkabdir. B.F.Pariginning yozishicha, «muloqot shunchalik ko`p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar kiradi»:
Individlarning o`zaro ta’sir jarayoni.
Individlar o`rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni.
Bir shaxsning boshqa bir shaxsga munosabati jarayoni.
Bir kishining boshqalarga ta’sir ko`rsatish jarayoni. Bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati.
Shaxslarning bir-birlarini tushinish jarayoni.
Muloqotning turli shakllari va bosqichlari mavjud:

Download 22.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling