Konsultantning mijoz xulq-atvoriga javob reaksiyasi
Dastlabki bosqich–odamning o`z-o`zi bilan muloqotidir
Download 22.32 Kb.
|
KONSULTANTNING MIJOZ XULQ-ATVORIGA JAVOB REAKSIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi bosqich
- Ijtimoiy psixologik treninglarga quyidagi metodik talablar qo`yiladi
Dastlabki bosqich–odamning o`z-o`zi bilan muloqotidir. T.Shibutani «Ijtimoiy psixologiya» kitobida «Agar odam ozgina bo`lsa ham o`zini anglasa, demak, o`zo` ziga ko`rsatmalar bera oladi», − deb yozgan edi.
Ikkinchi bosqichi boshqalar bilan muloqotdir. Odamning o`z-o`zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o`z-o`zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o`zini chetga tortib yursa, demak, u boshqalar bilan suhbatlashishda jiddiy qiyinchilikni boshidan kechiradi deyish mumkin. Uchinchi bosqich avlodlar o`rtasidagi muloqot. Bu muloqot tufayli har bir jamiyatning o`z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo`ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg`or vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta’lim-tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bo`lg`usi pedagog-psixologlardan psixolik bilimdonlik talab etiladi.Muloqotga o`rgatish hozirgi zamon kishisining turli ishlab chiqarish va muomala sharoitlarida to`g`ri moslashishga yordam beradi. Buning uchun maxsus tayyorgarlik guruhlari yoki trening guruhlari tashkil etishni psixologlar taklif etishgan. G`arbda shu maqsadda T-guruhlar tashkil qilinib, muloqot jarayonida qiyinchilik his etayotgan kishilar taklif etilgan. Ijtimoiy pisixologik treningning asosiy usullari − guruhiy munozaralar, rolli o`yinlar, psixologik sezgirlikni oshiruvchi treninglardir. Trening guruh a’zolari 7-15 kishigacha bo`lib, mashg`ulotlar bir necha kundan bir necha oylargacha davom etadi. Ularning muloqot manbaida o`zini «o`zgalar» o`rniga qo`yish, ularning ichki olamini to`g`ri tushinish qobiliyati va istagi tarbiyalanadi. Ijtimoiy psixologik treninglarga quyidagi metodik talablar qo`yiladi: Munozara yoki o`yinlar jarayonida har bir ishtirokchi vaziyatni yoki rolni faol o`zlashtirib, har bir holatdan o`zi uchun xulosa chiqarishga olib kelish zarur. T-guruhlarda muloqotning nutq shakllaridan tashqari, nutqsiz-noverbal shakllari ham keng qo`llanishi, ya’ni har bir ishtirokchi (o`rganuvchi) har bir harakat, ritmning mohiyatini ham tushunib uni hayotda ishlatishga ham erishish zarur. 3. Har bir ishtirokchi kundalik yuritib, uni har galgi mashg`ulotlardan so`ng o`ziga his-kechinmalari, muammolarni yechishdagi shaxsiy ishtiroki, tasavvurlarini odilona yozib borishi muhimdir. 4. T-guruhga qatnashish ixtiyoriy bo`lganligi uchun, har bir a’zo mashg`ulotlarni qoldirmaslikka harakat qilishi zarur, chunki bu a’zolarning o`zaro munosabatlariga, guruhning muhitiga bevosita ta’sir qiladi. 5. Mashg`ulotlar maxsus xonalarda, shovqin surondan holi yerda tashkil etilishi, shinam bo`lishi kerak. Mashg`ulot o`tkazuvchi trener − maxsus tayyorgarlikdan o`tgan, xushmuomala, did bilan kiyingan, o`z kayfiyati yoki o`yinga shaxsiy munosabat bilan mashg`ulotlarning tabiiy kechishiga xalaqit bermasligi, sabr-toqatli, madaniyatli bo`lishi zarur. Mashg`ulotlarni «yumaloq stol» yoki «to`rtburchak» stol atrofida gilam ustida, ba’zan tik turgan holda ham o`tkazish mumkin. Hozirgi davrda T-guruhlar rahbarlarni muloqotga tayyorlash, mas’ul shaxslarni qayta tayyorlash kurslarida, psixologlar davrasidagina o`tkazilmoqda. Download 22.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling