Kontinentalmodelningbuxgalteriyahisobitizimigata'siri Kontinentalmodeligao`tishvauningo`zigaxosxususiyatlari Xulosa Foydalanilganadabiyotlarro`yxati. Kirish
Download 271.29 Kb.
|
Kontinental modelning mazmuni va nazariy asoslari
Reja: Kirish. Kontinentalmodelningmazmunivanazariyasoslari Kontinentalmodelningbuxgalteriyahisobitizimigata'siri Kontinentalmodeligao`tishvauningo`zigaxosxususiyatlari Xulosa Foydalanilganadabiyotlarro`yxati. Kirish O‘zbekiston Respublikasida aksiyadorlik jamiyatlarida samarali boshqarish tizimini tashkil etishda korporativ boshqaruvni takomillashtrish yo‘llari va korporativ boshqaruvda aksiyadorlar rolini oshirish, ularning qarorlar qabul qilishda mavjud huquqlarini kafolatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar va yuksak texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalarni yanada rivojlantirish dasturidagi vazifalaridan kelib chiqqan holda aksiyadorlik jamiyatlariga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, investitsiyalarni jalb etish, innovatsion jarayonlarni rivojlantirish korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shunday ekan, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarda korporativ boshqaruv tizimini tashkil etish hamda ushbu tizimni takomillashtirish yo‘llarini o‘rganish muhim vazifalardan biri sanaladi. Binobarin, korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish1 mamlakatimizning rivojlanish istiqbollarida alohida belgilangan. So‘ngi yillarda bozor munosabatlarining tarkibiy qismi hisoblangan korporativ boshqaruvga oid me'yoriy-huquqiy bazani shakllantirishga katta e'tibor berildi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni islohotlarning hozirgi bosqichi talablari asosida ushbu sohadagi qonun hujjatlarini xalqaro me'yorlarni inobatga holda yanada takomillashtirishga katta yo‘l ochib berdi. Unga muvofiq, Germaniya hamda boshqa rivojlangan davlatlarning muvaffaqiyatli tajribasi o‘rganilib, Korporativ boshqaruv kodeksi ishlab chiqilib, tasdiqlandi va amaliyotgakiritildi. Hozirda yurtimizda korporativ boshqaruv tizimini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish va shu asosda zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, chet el kapitali ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish, aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, eski bo‘linmalar va lavozimlarni tugatish, zamonaviy xalqaro standartlar va bozor iqtisodiyoti talablariga mos yangi bo‘linma va lavozimlarni joriy etishni inobatga olgan holda, aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tuzilmasini tubdan qayta tashkil etish, aksiyadorlik jamiyatlarini strategik boshqarish, boshqaruv xodimlarining samarali faoliyatini nazorat qilishni ta’minlashda aksiyadorlar, jumladan, minoritar aksiyadorlar rolini oshirish, yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik asosida boshqaruv xodimlarini tayyorlash va ularning kasb darajasini oshirish, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlarida rahbarlik lavozimlariga chet ellik yuqori malakali menejerlarni jalb qilish2 kabi masalalar belgilangan va ularning ijrosi bosqichma bosqich amalgaoshirilmoqda Xususan, bu borada xalqaro tajribani o‘rganish orqali mamlakatimizda korporativ boshqaruvning iqtisodiy mentalitetimizga mos keladigan shaklda samaradorlik darajasini oshirish jarayoni davom etyapti. Yurtimizda korporativ boshqaruvni rivojlantirish jarayonida mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish choralarini qo‘llash juda muhim hisoblanadi. Download 271.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling