"kontrol" tushunchalari bilan uchrashamiz


Download 201.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana15.01.2023
Hajmi201.7 Kb.
#1094135
1   2
Bog'liq
9-mavzu (1)

Davlat nazorati subyektlariga davlat va xo„jalik boshqaruv 
idoralari, tadbirkorlik subyektlari kiradi. 
Davlat nazorati xo„jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan hayotiy 
siklning barcha bosqichlarida (tadqiq qilish, ishlab chiqish, tayyorlash
tashish, xaridga chiqarish, saqlash, foydalanish (iste‟mol qilish), 
ta‟mirlash, qayta foydalanishda amalga oshiriladi). 
Davlat nazorati obektlariga standartlar, shu jumladan, mahsulotga 
majburiy talablarni o„rnatuvchi standartlar, jarayonlar, ishlar, xizmatlar 
(keyinchalik – mahsulot), shu jumladan eksport qilinadigan, import 
qilinadigan va sertifikatlashtirilgan mahsulot (bunda sertifikatlashtirish 
idoralari oldindan xabardor qilinadi), shuningdek, o„lchash vositalari 
kiradi. 


Davlat nazorati davriy va doimiy bo„lishi mumkin. 
Davriy davlat nazoratida obyektlar va tekshirish davriyligi davlat 
nazorati rejasiga binoan aniqlanadi. 
Doimiy davlat nazorati chiqariladigan mahsulot sifatiga noroziliklar 
muayyan ravishda bo„lganda va mahsulotni standartlar talablariga 
muvofiq barqaror chiqarish uchun sharoitlar yo„q bo„lganda va bunday 
sharoitlarda ishlab chiqarishni (metallurgiya, kimyo sanoati, bolalar 
ovqati – uzluksiz texnologik jarayonni) to„xtatib bo„lmaganda amalga 
oshiriladi. Doimiy davlat nazorati mahsulotni qabul qilishning alohida 
tartiboti shaklida bajariladi.Davlat nazorati standartlar va o„lchashlar 
birliligini taminlash ustidan tekshirish va nazorat bo„yicha davlat 
inspektori malakasiga ega bo„lgan, belgilangan tartibda attestatlangan, 
davlat nazorati idoralarining lavozimli shaxslari tomonidan bajariladi. 
Davlat nazorati idoralarining lavozimli shaxslarini davlat nazoratiga 
ruxsat etish belgilangan namunadagi mahsus guvohnoma bilan 
tasdiqlanadi.Tekshiruvchi idoralarning faoliyatini mahsus vakolatlangan 
idora muvofiqlashtiradi, bu idoraning tekshiruvga oid qarorlari majburiy 
bo„ladi.Standartlashtirish sohasi bo„yicha ham davlat nazorati ish olib 
bormoqda. Uning asosiy vazifasi vazirlik, mahkama va korxonalar, 
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan standartlar talablariga qat‟iy 
amal qilinishini, yangi standartlarni tatbiq etishni ta‟minlash va nazorat 
etish hisoblanadi.Davlat nazoratining yana bir muhim yo„nalishi – turli 
standart toifalarini davlat qaydnomasidan o„tkazishdan oldin ekspertiza 
qilish. 

Download 201.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling