"kontrol" tushunchalari bilan uchrashamiz
Download 201.7 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq9-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat
9-mavzu: Standartlashtirishning davlat nazorati Reja: 1.1.Standartlashtirishning davlat nazorati 1.2. Davlat nazorati obyektlari Tekshiruv to„g„risida gapirilganda ko„pincha “nazorat” va “kontrol” tushunchalari bilan uchrashamiz. Bu atamalar quyidagilarni anglatadi: Tekshiruv – “tekshirish” so„zidan olingan, biror narsaning to„g„riligiga ishonch hosil qilish uchun tekshirish o„tkaziladi, nazorat qilish, kontrol qilish maqsadida tekshirish, taftish o„tkaziladi. Bunday ta‟rif asosida “kontrol” atamasi davlat tilida “tekshirish” deb qabul qilindi. Nazorat – biror narsa ustidan “nazorat qilish” so„zidan kelib chiqqan. Biror narsa ustidan kuzatuv olib boruvchi shaxslar guruhi, idora. Kontrol – mos o„lchashlar, sinashlar, tahlil bajariladigan kuzatuvlar va mulohazalar yo„li bilan muvofiqlikni baholash tartibi. O„zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to„g„risida” qonuni va O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 avgustdagi №410 qarorida standartlar va o„lchashlar birliligini ta‟minlash ustidan davlat tekshiruvi va nazorati (keyinchalik – davlat nazorati) nazarda tutilgan. Davlat nazoratining asosiy vazifasi davlat va xo„jalik boshqarish idoralari, tadbirkor subyektlar tomonidan quyidagilarning bajarilishini ta‟minlashdan iborat: meyoriy hujjatlar va metrologik qoidalarning o„z vaqtida joriy etilishini va ularga aniq rioya qilinishini; o„lchashlar birliligini ta‟minlash; meyoriy hujjatlar va o„lchash vositalarining ilmiy-texnikaviy darajasini tahlil qilish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ilmiy-texnikaviy istiqbolni tezlashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulotning texnik saviyasi va sifatini oshirish maqsadida meyoriy hujjatlarni va o„lchash vositalarini ishlab chiqishda fan va texnika yutuqlaridan samarali foydalanishga ko„maklashish (Standartlar va o„lchashlar birliligini ta‟minlash ustidan davlat nazorati to„g„risida Nizom). Bu Nizomga muvofiq davlat nazorati idoralari: meyoriy hujjatlarning va metrologik qoidalarning, shu jumladan mahsulotning aholi hayoti, sog„ligi va mulkiga xavfsizligiga atrof-muhit muhofazasiga, boyliklarning tejalishiga, o„zaro almashinuvchanlikka majburiy talablarni o„rnatuvchi qoidalarning o„z vaqtida joriy qilinishi va rioya qilinishini tekshiradi, shuningdek, bularni tekshirish usullarining birxilligini, tamg„alash birxilligini, mahsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va yetkazib berishga shartnomaga kiritilgan, qonunda ko„zda tutilgan boshqa talablarning bajarilishini tekshiradi. standartlashtirish mahkama xizmatlari va metrologik xizmatlar ishini tekshiradi; o„zida yaratilgan mahsulotning alohida turlarini laboratoriyalarda sinovdan o„tkazadi; standartlar va o„lchashlar birliligini ta‟minlash ustidan davlat nazorati natijalarini umumlashtiradi, bularni ishlab chiqishda fan va texnika yutuqlaridan samaraliroq foydalanishga ko„maklashadi, meyeriy hujjatlar va metrologik qoidalarning o„z vaqtida joriy etilmaslik, buzilish sabablarini tahlil qiladi, davlat nazorati idoralarining ish samaradorligini oshirish bo„yicha tadbirlar ishlab chiqadi va o„tkazadi; agar meyoriy hujjatlar mahsulotning texnik saviyasi va sifatini ta‟minlay olmasa yoki amaldagi qonunlarga zid kelsa, ularni bekor qiladi yoki bekor qilish, amal muddatini cheklash yoki qayta ko„rib chiqish to„g„risida belgilangan tartibda taklif kiritadi. meyoriy hujjatlarni tasdiqlash va davlat ro„yxatidan o„tkazishda ularning ekspertizasini o„tkazadi; meyoriy hujjatlar, o„lchash vositalari, sertifikatlashtirish qoidalarini joriy qilish va ularga rioya qilishni tekshirish jarayonida aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko„radi. Download 201.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling