Koordinatsion birikmalar hosil bo`lishda ligandlarning o`rni va ularning tuzilish izomeriyasi


Shuni aytib o'tish kerakki, hozirgi kunda biosfera Yerning dinamik o'zgaruvchan qatlami bo'lib, to'xtovsiz harakatlanib turadi va uning o'zgarishlari davom etmoqda. Yerning ichki tuzilishi va yer qat


Download 50.67 Kb.
bet13/14
Sana21.04.2023
Hajmi50.67 Kb.
#1367613
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Koordinatsion birikmalar haqida tushuncha

Shuni aytib o'tish kerakki, hozirgi kunda biosfera Yerning dinamik o'zgaruvchan qatlami bo'lib, to'xtovsiz harakatlanib turadi va uning o'zgarishlari davom etmoqda.

Yerning ichki tuzilishi va yer qatlamining strukturasi

Bizning sayyoramizda doimiy ravishda murakkab geokimyoviy jarayonlar amalga oshib turadi. Bu jarayonlarni tushunish uchun, avvalambor, Yerning tuzilishini bilish kerak. Quyosh sistemasidagi barcha sayyoralar o’ziga xos bo’lgan qobiqli tuzilishga ega, ya'ni ular bir nechta tarkibi va tuzilishi bilan farqlanib turadigan qobiqlardan yoki konsentrik sferalardan tuzilgandir. Yerning qattiq qismi atmosferta, ya'ni gazli qobiq bilan o'ralgan bo'lib, u bir necha tarkibi va xossalari har xil bo'lgan sferalardan tashkil topgan. Sayyoramizning qattiq qismi assimmetrik tuzilishga ega. Uning ekvatorial radiusi 6378km, qutbiy radiusi esa 6357 km ga teng, ya'ni farqi 21 km ni tashkil iladi.

Yerning tashqi qobig'i yer qatlami deyiladi. Yer qatlamining eng maksimal balandligi 8848 m ( Djomolungma cho'qqi), eng chuqur joyi esa 11022 m ga teng (Tinch okeanidagi Marian chuqurligi).

Yerning ichki tuzilishini o'rganishda asosan geofizik tadqiqotlar usuli qo'llanadi, ya'ni zilzila va portlashdagi hosil bo'lgan to'lqinlarning yerda tarqalishini o'rganish. Qattiq jismda portlash o'chog'idan turli xil to'lqinlar tarqaladi. Bu to'lqinlar ikki xil bo'lishi mumkin:

Bo'ylama to'lqinlar — to'lqin yo'nalishidagi siqilish va cho'zilishlar.

Ko'ndalang to'lqinlar — to'lqinga nisbatan perpendikular yo'nalishda siljishlardir.

Bo'ylama to'lqinlar qattiq jismlarda tezroq tarqaladi, bundan tashqari, ular ham qattiq ham suyuq muhitda tarqalishi mumkin. Ko'ndalang to'lqinlar esa faqat qattiq jismlarda tarqaladi. Agar modda ko'ndalang to'lqinlarni o'tkazmasa, ya'ni ularni qaytarib yuborsa, demak, bu moddaning suyuq holatda ekanligi isbotlanadi. Agar ikki xil to'lqinlar moddani kesib o'tsa, demak, u modda qattiq holatda bo'ladi. Shunday qilib, seysmik to'lqinlar yer sharining eng chuqur joylariga yetib borib, yerning ushbu qismi qattiq yoki suyuq moddalardan tuzilganligi haqida ma'lumot berishi mumkin. Bundan tashqari, bu to'lqinlar moddaning zichligi haqida ham ma'lumot beradi. Modda qanchalik zich bo'lsa, to'lqinlar shunchalik tez tarqaladi. Moddaning zichligi keskin o'zgarganda to'lqinlarning tezligi notekis o'zgaradi.





Download 50.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling