Koordinatsion birikmalar hosil bo`lishda ligandlarning o`rni va ularning tuzilish izomeriyasi


Kimyo fanining atrof muhitni himoya qilishdagi va ekologiya muammolarini hal qilishdagi roli


Download 50.67 Kb.
bet9/14
Sana21.04.2023
Hajmi50.67 Kb.
#1367613
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Koordinatsion birikmalar haqida tushuncha

Kimyo fanining atrof muhitni himoya qilishdagi va ekologiya muammolarini hal qilishdagi roli

Hozirgi kunda O'zbekistonda ekologik jihatdan murakkab vaziyat vujudga kelgan bo'lib, u quyidagi muammolardan iborat:

- yerning cheklanganligi va uning sifat tarkibining pastligi, yerlarning nihoyat darajada sho'rlanganligi;

suv zaxiralari, shu jumladan, yer usti va yer osti suvlarining keskin taqchilligi hamda ifloslanganligi;

Orol dengizining qurib borish xavfi;

- atmosfera havosining ifloslanishi.

Bu muammolarni hal qilish uchun barcha sanoat korxonalarida kam chiqindili va chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilish, tabiiy resurslardan, xomashyo va materiallardan to'liq foydalanishga qaratilgan hamda chiqindilarning miqdorini kamaytirish hisobiga ularning atrof-muhitga yetkazayotgan zararli ta'sirini kamaytiradigan yopiq tizimli ishlab chiqarish jarayonlarni rivojlantirish va amaliyotda qo'llash maqsadga muvofiqdir.

Hozirgi kun talablariga texnologik jarayonlarning ekologik jihatdan javob bermasligi sababli barcha sanoat ishlab chiqarish korxonalarida katta miqdorda chiqindilar hosil bo'lib, ular gaz chiqindilari, sanoat oqova suvlari, shlak, shlam va boshqa holatlarda atrof-muhitga kelib tushadi. Ushbu chiqindilar turli xil noorganik va organik moddalardan tashkil topgan bo'lib, ular atmosfera havosini, tabiiy suv havzalarini, tuproqlarni zaharlab, o'simliklar va hayvonot olamiga hamda inson salomatligiga katta zarrar yetkazmoqda. Lekin sanoat rivojlanishini fan-texnika taraqqiyotini to'xtatib bo'lmaydi, chunki bu yer sharidagi aholining yashash sharoitlarini keskin yomonlashib ketishiga va global muammolarni yana ham keskinlashishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga fan yutuqlari inson va tabiatning o'rtasidagi munosabatlarni murakkablashtirilishi bilan bir vaqtda paydo bo'layotgan muammolarni yechish uchun ham katta imkoniyatlar yaratadi. Bunda kimyo faniga alohida e'tibor qaratiladi, chunki barcha ifloslantiruvchilar - bu kimyoviy moddalar.


Download 50.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling