Ko‘p yillik sport tayyorgarligining tuzilishi. Qisqacha mazmuni
Sport natijalarining yosh chegaralari
Download 92.76 Kb.
|
8-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sportning turli xillarida sport natijalariga erishishdagi yosh chegaralari (V.N.Platonov 2004).
- Sport turi Yosh chegaralari (zonalar) Birinchi katta yutuqlar
- Ko‘p yillik tayyorgarlikning turli bosqichlarida sport bilan shug‘ullanishning yosh chegaralari. (V.N.Platonov 2004).
- Ko‘p yillik trenirovka bosqichi jinsi Sport turlari bo‘yicha yosh chegaralari
- Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlari.
- Dastlabki tayyorgarlik bosqichi.
- Umumiy tayyorgarlikning bazali bosqichi.
Sport natijalarining yosh chegaralari.
Bolalar va o‘smirlar sport maktabi va olimpiya zaxiralar maktabi tomonidan tavsiya etilgan yosh standartlari 32-jadvalda keltirilgan, u bo‘yicha qonuniylikni kuzatish mumkin: tezlik sifatlarini rivojlantirishni talab qiladigan sport turlarida va dissiplinalarida sportchilar chidamlilikni talab qiluvchi dissiplinalarga nisbatan sport faoliyatini erta boshlab, erta tugatadi. Suzish esa bundan mustasno, 800 va 1500 m.ga suzuvchilardan ko‘ra 100, 200, va 400 m. masofada suzuvchilar erta boshlab kechroq tugatadi; energiya talab qiluvchi sport turlari va sport dissiplinalarida kamroq energiya talab qiluvchi turlarga nisbatan sportchilar mashg‘ulotlarni boshlash va tugatishni kechroq o‘tkazishadi; ayollar sport bilan shug‘ullanishni erkaklarga nisbatan erta boshlaydi va erta tugatadi; 32-jadval. Sportning turli xillarida sport natijalariga erishishdagi yosh chegaralari (V.N.Platonov 2004).
Sportda yuqori natijalarga erishishni optimal yoshi qonunlari aniqlangan: tezlikni va murakkab koordinasion imkoniyatlarini rivojlanishini talab qiluvchi turlarda, kuch va chidamlilikni talab qiluvchi turlarga qaraganda sportchilar tomonidan natijalarga yoshroq vaqtda erishiladi. Qizlar o‘g‘il bolalarga nisbatan yuqori natijalraga ertaroq erishadilar. Ayollarda sportda bo‘lish erkaklarga qaraganda kamroq va ular vaqtliroq ketishadi (33-jad.). 33-jadval. Ko‘p yillik tayyorgarlikning turli bosqichlarida sport bilan shug‘ullanishning yosh chegaralari. (V.N.Platonov 2004).
Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlari. “Sportchilarni tayyorlash” tushunchasi yuqori natijalar sporti va sport zaxiralarini tayyorlash uchun xosdir. Bu musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish va musobaqalashuv vaqtida sportchining mavjud imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanishni ta’minlaydigan kompleks chora-tadbirlardir. “Sportdagi hayot”ning butun davri (odatda 10-20 yil) musobaqalarda ishtirok etishning takroriy almashinuvi va ular uchun maxsus tayyorgarlik bilan tavsiflanadi. Sportchilarni tayyorlash ixtisoslashtirilgan sport mashg‘ulotlarining boshlanishidan yuqori natijalar sporti sohasiga o‘tishgacha bo‘lgan davrni (turli sport turlari bo‘yicha 5 yildan 10 yilgacha) qamrab oladi. Yuqori natijalar sportida sportchi sport turiga qarab 4 yoshdan 10 yoshgacha. Sport mashg‘ulotlarining uzoq muddatli davri, bir tomondan, shug‘ullanuvchilarning yoshi bilan, ikkinchi tomondan, sportning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan bosqichlarga bo‘linadi. Sport mashg‘ulotlarini tashkillash jarayonida mashg‘ulot jarayonining yaxlitligi ma’lum bir tuzilma asosida ta’minlanadi, bu tarkibiy qismlarni (quyi tizimlar, tomonlar va alohida bo‘g‘inlar) birlashtirishning nisbatan barqaror tartibi, ularning bir-biri bilan muntazam munosabatlari va umumiy ketma-ketlikgi. Dastlabki tayyorgarlik bosqichi. Dastlabki tayyorgarlik bosqichi boshlang‘ich maktab yoshini qamrab oladi va sport mutaxassisligi boshlanishi bilan keyingi bosqichga o‘tadi. Sport tayyorgarligining boshlang‘ich (oldindan) bosqichining maqsadi: bolaning sport bilan shug‘ullanishiga qobiliyatini aniqlash; sport bilan tizimli shug‘ullanishga barqaror qiziqishni ishlab chiqish. Bosqich vazifalari: jismoniy rivojlanishdagi o‘zgarishlarni korreksiya qilish, sog‘ligini mustahkamlash, har tomonlama jismoniy tayyorgarlik, tanlangan sport turida bazali texnikaga o‘rgatish. Yosh sportchilarni tayyorlash ko‘p tuli vosita va usullari to‘ldirilgan, ko‘pincha sport o‘yinlarining o‘yin usullaridan foydalaniladi. Musobaqa paytidagi jismoniy yuklamalar kichik, o‘rtacha va kam holatlarda katta hajmda rejalashtiriladi. Trenirovkalar haftasi 3 martadan ortiq o‘tilmaydi, vaqti 60 minutgacha bo‘ladi va maktabdagi jismoniy mashqlar bilan garmonik moslashadi. Yillik hajm 100 – 150 soatni tashkil etadi. 6 – 7 yoshdan boshlab shug‘ullanishda boshlang‘ich bosqich 3 yil davom etadi, hajmi: 1 – yili – 80 soat, 2 – yili – 100 soat, 3 – yili – 120 soat. Mashg‘ulotlar 9-10 yoshdan boshlanganda boshlang‘ich bosqich 1,5 – 2 yil davom etadi, hajmi: 1 – yil – 200 soat, 2 – yili – 250 soat. Bosqich, sportchi I o‘smirlar tasnifi (razryadi) ni olishga erishganda tugaydi. Umumiy tayyorgarlikning bazali bosqichi. Umumiy tayyorlov bazali bosqichning maqsadi sportchining biror turga bo‘lgan qobiliyatini aniqlash; tanlangan sport turiga mustahkam qiziqishni tarbiyalash. Bosqich vazifalari: jismoniy rivojlanishdagi yetishmovchiliklarni tuzatish, sog‘likni mustahkamlash, jismoniy sifatlarning garmonik rivojlanishini, tanlangan sport turi texnikasida ko‘p sonli ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish, maqsadga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarga qiziqishni shakllantirish. Trenirovkalar haftasiga 4 martadan ortmaydi va 60 - 90 minut davom etadi, yillik hajmi 200 -300 soat, kichik, o‘rta va katta jismoniy yuklamalar zonasida, maxsus tayyorgarligining oshishi bilan. Bu paytda razryad normativlarini bajarish uchun ketidan quvish, oldin ularning tez o‘sishiga olib keladi, lekin keyinchalik sport ustasi normativini bajara olmaydi. Trenirovka quyidagilarga asoslangan: texnik – taktik ko‘nikmalarni turli variantlarini egallash, musobaqa faoliyati tajribasi, sportdagi kurashning texnika va taktikasini ko‘nikma va malakasini variantlashtira olish. Sportchi III yoki II kattalar razryadiga erishganda bosqich tugaydi. Download 92.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling