Ko`plikni tugallangan va tugallanmagan holda quriladi. Kichik yoshdagi bolalar tugallangan ko`plik bilan ish ko`radilar


Download 144.5 Kb.
bet1/5
Sana28.08.2023
Hajmi144.5 Kb.
#1671050
  1   2   3   4   5

Ilk yoshdayoq bolalar bir xil turdagi predmetlar haqidagi tasavvurlari kengayib boradi: "Ko`p qo`g`irchoqlar", "uchta kubik", "qo`lda beshta barmoq" kabilar. Bu birinchi tasavvurlar bolaning passiv nutqida namoyon bo`ladi. Tajribaning ko`rsatishicha 1 yoshu 3 oylik bola berilgan topshiriqlarni ya`ni "kichik uy", yoki "katta uylar" qurishi, "vagon" "vagonchalarni olib kelishi", "gul" yoki "gullarni" ekishi mumkin ( Kalinina, V.V. Danilova va boshqalar).
1 yoshu 6 oylik go`dak, aktiv nutqni egallaydi, otning bir ko`plik formalaridan foydalangan holda, alohida predmetlarni oladi: "By kubik, bu kubiklar", "Uy - uylar", "qo`g`irchoq-qo`g`irchoqlar". Bu yoshdagi bolalarni ko`proq bir xil turdagi predmetlar qiziqtiradi, (map, tugmacha, xalta). Ular bu narsalarni sochadilar, yana yig`ib oladilar, stol ustiga gorizontal bo`yicha teradilar. Bolalarda birdaniga predmetlarni qo`llariga olib, barmoqlari bilan qisib uning sochilishini kuzatishni yaxshi ko`radilar (М: tugmachalar). Predmetlar ko`pligining turli xilligini bola turli xil analizatorlari yordamida qabo`l qiladi: eshitish, ko`rish va boshqalar. U o`zi bir xil turdagi harakatlarni bajargan: maketdan 1 ta o`yinchoqni bir necha marta tashlagan, qoshiq bilan stolini taqillatgan. Ko`plik haqidagi birinchi tasavvurlar va ularnnng alohidaligi birlik va ko`plikni ajrata olishga yordam beradi.
Matematikada ko`plik tushunchasiga quydagicha ta`rif beriladi. "Ko`plik- u bir butun qilib quriladigan ob`ektlarning yig`indisidir".
Ko`plikni tugallangan va tugallanmagan holda quriladi. Kichik yoshdagi bolalar tugallangan ko`plik bilan ish ko`radilar.
Go`dak bolada ko`plik haqidagi eng birinchi tasavvurlarning rivojlanishi diffuzion: ya`ni u hali aniq chegaraga ega bo`lmaydi va element ketidan element qabo`l qilinadi. Bunday qabo`l qilish noaniq ko`plikni xarakterlaydi.
Miqdor. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o`qitish o`ziga xos xususiyatga ega. Maktabgacha tarbiya yoshida echilishi kerak bo`lgan vazifalar hal qilinmasa, maktabda o`qitish muvaffaqiyatli bo`lmaydi. Bu vazifalardan biri konkret bilimlar va tafakkur usullaridan abstrakt bilim va usullarga o`tishdan iborat. Bu xil o`tish saviyasi, ayniqsa, matematika o`qitish uchun zarurdir. Bunday saviyaning bo`lmasligi yoki etarli bo`lmasligi ikki tomonlama qiyinchilikka olib keladi. Bir tomondan, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ko`pincha maktabga mavhum matematik usullarni egallagan holda keladilar, bo`larni bartaraf qilish juda qiyin bo`ladi. Ikkinchi tomondan, bolalar maktabda abstakt bilimlarni egallar ekanlar, ko`pincha ularni formal, asl mazmunini tushunib etmagan holda o`zlashtiradilar. SHuning uchun ham konkret shart- sharoitlarda matematik bilimlarni qo`llanish imkoniyati juda cheklangan bo`ladi. SHu sababli maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o`qitishning muhim vazifasi matematik abstraktlashlar bilan konkret borliq orasidagi bog`lanishni ta`minlaydigan bilim va harakatlarning oraliq saviyasini shakllantirishdan iborat bo`lishi kerak.
Tekshirishlar shuni ko`rsatmoqdaki, maktabgacha yoshdagi bolalarga matematika o`qitishda o`tish saviyasi mazmuni quyidagilardan iborat:
Birinchidan, shunday faoliyat va masalalarni o`zlashtirish kerakkki, ularda matematik operatsiyalarni qo`llashning zarurligi bolalarga yaqqol ko`rinib turadi. Bu, bir tomondan, bolaning amaliy faoliyati bilan bevosita bog`liq (tenglashtirish, taqqoslashga oid) masalalar, ikkinchi tomondan, ularga shunday shartlar kiritiladiki, bunda mazkur masalalarni matematik vositalardan foydalanmay turib (masalan, fazoda ajratib qo`yilgan ikki to`plamni amalda tenglashtirish) amalga oshirish mumkin bo`lmaydi.
Ikkinchidan, muhitning shunday munosabatlarini ajratish kiradiki, bu munosabatlarni qo`llanishi bolaga konkret buyumlarni matematik ob`ektlarga o`tish (masalan, buyumlarni ma`lum belgilari bo`yicha guruhga kiritish va shu asosda to`plam munosabatlarini, qism- butun munosabatlarni hosil qilish) imkonini beradi.
Tekshirish natijalari shuni ko`rsatadiki, matematik operatsiyalar maktabgacha yoshda o`zlashtirilган shunday masalalar va munosabatlar asosida kiritilsa va qayta ishlansa, matematikani egallash samarali bo`ladi.

Download 144.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling