Kopyoqlilar va ularga doir masalalar tuzishning ayrim muammolari


 Ikkita uchburchakli prizmaning o`zaro kesishish chizig`i proeksiyalari  yasalsin (3.9-shakl).  3.11


Download 415.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/37
Sana18.06.2023
Hajmi415.51 Kb.
#1562231
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37
Bog'liq
Kitob 8486 uzsmart.uz

3.10. Ikkita uchburchakli prizmaning o`zaro kesishish chizig`i proeksiyalari 
yasalsin (3.9-shakl). 
3.11. To`rtburchakli ikki piramidaning o`zaro kesishish chizig`i proeksiyalari 
yasalsin (3.10-shakl). 
3.2. Masalalarini yechishga oid metodik ko`rsatmalar 
Maktab stereometriya kursidan ma’lumki, tekislik bilan chegaralangan jism 
ko’pyoqlik deyiladi. Ko’pyoqlini chegaralovchi tekisliklarning kesishuv chiziqlari 
ko’pyoqlinig qirralari deb ataladi. Ko’pyoqlining qirralari orasida qolgan tekis 
shakllar ko’pyoqlining yoqlari deb, qirralarning kesishish nuqtalari esa 
ko’pyoqlining uchlari deb ataladi. Ko’pyoqlining bir yoqida yotmagan ikki uchini 
birlashtiruvchi to’g’ri chiziqlar shu kupyoqlining diogonallari deyiladi. 
Parallelopiped, kub, piramida va hokazolar ko’pyoqlilarga masala bo’ladi. 
Umuman, har qanday qavariq kupyoqlida yoqlar bilan uchlar sonining 
yig’indisidan qirralar sonining ayirmasi ikkiga teng bo’ladi (Eyler teoremasi) (6 
yoq + 8 uch-12 qirra = 2). 
Agar ko’pyoqli biror yoqning faqat bir tomonida joylashgan bo’lsa, bunday 
ko’pyoqli kavariq, aksincha, botiq ko’pyoqlik deyiladi. Biz faqat qavariq 
ko’pyoqlilarni o’rganamiz.
Ma’lumki, ko’pyoqlining yoqlaridan biri ko’pburchak (uchburchak, 
to’rtburchak va hokazo) bo’lib qolgan yoqlari umumiy uchga ega bo’lgan 
uchburchaklar bo’lsa, bunday ko’pyoqli piramida deyiladi. Ko’pburchak 
piramidaning asosi, uchburchaklar esa uning yon yoqlari deyiladi. 


32 
Agar piramidaning asosi muntazam ko’pburchak bo’lib, piramidaning 
balandligi shu ko’pburchakning markazidan o’tsa, bunday piramida muntazam 
piramida deyiladi. 
Ko’pyoqli asosining tomonlari soniga ko’ra, masalan, asosi uchburchak, 
to’rtburchak va hokazo bo’lsa uchburchakli, to’rtburchakli va hokazo deb yoki yon 
yoqlarining soniga ko’ra uchyoqli, to’rtyoqli va hokazo ko’pyoqli deb ataladi. 
Agar ko’pyoqlining ikki qarama-qarshi yoqlari ya’ni asoslari bir-biriga 
parallel bo’lgan teng ko’pburchaklardan iborat bo’lib, qolgan yoqlari 
parallelogramm bo’lsa, bunday ko’pyoqlik prizma deyiladi. Prizma yon 
qirralarining asosiga perpendikulyar yoki qiya bo’lishiga qarab mos ravishda 

Download 415.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling