Kordinata to'g'ri chizig’i. Musbat va manfiy sonlar


Download 32.06 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi32.06 Kb.
#1565717
  1   2   3
Bog'liq
1-sonlar



s О N LAR.







  1. Kordinata to'g'ri chizig’i.

  2. Musbat va manfiy sonlar.

  3. Qarama-qarshi sonlar.

  4. Sonning moduli.

  5. Sonlarni taqqoslash.

  6. Nuqtaning kordinatasi.

  7. Bir xil ishorali sonlarni qo’shish.

  8. Har xil ishorali sonlarni qo’shish.

  9. Bir xil ishorali sonlarni ko’paytirish.

  10. Har xil ishorali sonlarni ko’paytirish.

  1. Biror to'g'ri chiziqda bir xil uzunlikdagi kesmachalar, nol va ± 1, ± 2, ± 3,... kabi sonlar belgilangan bo’lsa, bu to'g'ri chiziqqa kordinata to'g'ri chizig’i deyiladi.

-4 -3 -2 -1 0 1 2 3 4 5

  1. Kordinata boshida nol, undan chap tomonda manfiy sonlar (-1,-2,-3,...), o’ng tomonda musbat sonlar (1,2,3,.) bo’ladi.

Sonlar raqamlardan tuzilgan bo’ladi. M: 0,2,6 raqamlaridan 260,206,602,620 sonlarini hosil qilish mumkin. Raqamlar 2 xil bo’ladi:

  1. Arab raqamlari - 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9

  1. Natural sonlar - sanashda ishlatiladigan sonlar: 1,2,3,4,5,... va hokazo. Ular N harfi bilan belgilanadi. 2 ga bo’linadigan sonlar juft sonlar deyiladi. Qolgan sonlar toq sonlar deyiladi. Manfiy sonlar uchun juft-toqlik tushunchalari ishlatilmaydi. Nol (0) soni juft son hisoblanadi.

  2. Butun sonlar - 0, ± 1, ± 2, ± 3, ± 4... Ular Z harfi bilan belgilanadi.

  3. Ratsional sonlar - m ko’rinishidagi qisqarmas kasr sonlar (bundameZ, neN ): -1;-3;--6; 0,(6)...

  4. Irratsional sonlar - -72"; >/5; л ; e...

  1. Rim raqamlari - I - bir, V - besh, X - o’n, L - ellik, C - yuz, D - 500, M - 1000, V - 5000, X -10000, L - 50000,

C -100.000, D - 500.000, M -1000.000 Katta sondan oldin kichik son turgan bo’lsa ular ayriladi; katta sondan keyin kichik son turgan bo’lsa ular qo’shiladi. Ayriladigan son 10 ning darajalari bo’lishi kerak, ya’ni I, X, C, M, . M: XL-40, XC-90,
CXL-140, CM-900, MCM-1900, MV - 4000, MX - 9000, CDMV - 404000.
M: IV-4, IX-9, XL-40, XCIX- 99, CD-400, XIV-14, XLI-41, VII-7, LXXXIV-84, CLX-160, CCXCVIII-298,
MMCCCXCI-2391, 14821 - XMVDCCCXXI, 601050 - DCML , CCXXI+MCCCVIII=MDXXIX (221+1308=1529)
Bular xato: CCCC-400, IC-99, XXC-80, IIL-48, VC-95, IXL-39, IMM-1999, IV-4000, LXII-62000, ID - 499
Bular to’g’risi: CD-400, XCIX-99, LXXX-80, XLVIII-48, XCV-95, XXXIX-39, MCMXCIX-1999, MV - 4000, LxMM -62000

  1. Kordinata boshidan bir xil uzoqlikda joylashgan ikkita sonlar qarama-qarshi sonlar deyiladi. -2 va 2; -15 va 15. Qarama-qarshi sonlar faqat ishorasi bilan farq qiladi. Qarama-qarshi sonlar yig’indisi nolga teng. -2+2=0, 15+(-15)=0

  2. a sonining moduli deb (absolyut qiymati deb) - shu sondan kordinata boshigacha bo’lgan masofaga aytiladi va |a| kabi belgilanadi. |2|=2; |-7|=7 Moduldan tashqariga har doim musbat son chiqadi.

  3. Kordinata to'g'ri chizig’ida o’ng tomonda joylashgan son katta bo’ladi. 5<6, -13<-3, 1>-100 A A

  4. Kordinata to'g'ri chizig’ida nuqtaga mos keluvchi son shu nuqtaning kordinatasideyiladi. -3 0 2

M: A(-3) nuqtani 5 birlik o’ngga sursak qanday nuqta hosil bo’ladi. J: A (2) F.O’re

  1. Ikkita bir xil ishorali sonlarni qo’shishda - ularning modullarini qo’shib, natijaning oldiga shu sonlarning ishorasini qo’yamiz. M: 2+7= 9, -8+(-20)= -28, -2-7= -2+(-7)= -9, -7-6= -13, -8-7-6= -15-6= -21.

  2. Ikkita har xil ishorali sonlarni qo’shishda - ularning kattasidan kichigini ayirib, natijaning oldiga shu sonlardan kattasining ishorasini qo’yamiz. -8+6= -2, -6+8=2, -6+10=4, 6-10=6+(-10)= -4, 17+(-4)=13, 6-21= 6+(-21)= -15, -9+2= -7


Download 32.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling