Korelatsion analiz yordamida pedagogik tadqiqot natijalarini tadqiqot qilish”
Download 190.64 Kb.
|
Pedagogika fakulteti-fayllar.org
e) o’ng tomonlama kritik sohani toppish
Kritik sohani qanday topish kerak? Bu masalaga asosli javob berish ancha murakkab nazariyani jalb qilishni talab etiladi. Biz uning elementlari bilan cheklanamiz. Aniqlik uchun, bu yerda tengsizlik bilan aniqlanadigan o‘ng tomonlama kritik sohani topishdan boshlaymiz. Ko‘rib turibmizki, o‘ng tomonlama kritik sohani topish uchun kritik nuqtani topish kifoya. Demak, yangi savol yuzaga keladi: bu nuqtani qanday topish mumkin? Shu maqsadda ancha kichik ehtimol — qiymatdorlik darajasi tanlanadi. So‘ngra kritik nuqtani bunday talabga asoslanib izlanadi: nolinchi gipoteza o‘rinli bo‘lishi shartida kriteriyning dan katta qiymat qabul qilish ehtimoli qabul qilingan qiymatdorlik darajasiga teng bo‘lsin: Har bir kriteriy uchun tegishli jadvallar tuzilgan bo‘lib, ular bo‘yicha yuqoridagi talablarni qanoatlantiradigan kritik nuqta topiladi. 30 1- eslatma. Kritik nuqta topilgandan so‘ng, tanlanmalardagi ma‘lumotlar bo‘yicha kriteriyning kuzatilgan qiymati topiladi, va agar bo‘lsa, u holda nolinchi gipoteza rad qilinadi: agar bo‘ladigan bo‘lsa, u holda nolinchi gipotezani rad qilishga asos yo‘q. Tushuntirish. O‘ng tomonlama kritik soha nima uchun nolinchi gipoteza o‘rinli bo‘lganda munosabat bajarilsin degan talabga asoslanib topiladi? hodisaning ehtimoli kichik bo‘lgani uchun ( — kichik ehtimol edi) bunday hodisa nolinchi gipoteza o‘rinli bo‘lganda kichik ehtimolli hodisalarning amalda mumkinmasligi prinsipiga asosan yagona sinashda ro‘y bermasligi kerak. Shunga qaramasdan, u ro‘y bersa, ya‘ni kriteriyning kuzatilayotgan qiymati dan katta bo‘lsa, u holda buni shu bilan tushuntirish mumkin: nolinchi gipoteza yolg‘on (noto‘g‘ri), binobarin, u rad qilinishi lozim, Shunday qilib, (*) talab kriteriyning shunday qiymatlarini aniqlaydiki, bu qiymatlarda nolinchi gipoteza rad qilinadi, ana shu qiymatlar o‘ng tomonlama kritik sohani tashkil qiladi. Download 190.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling