Koreys tilshunosligi Koreys tilining xususiyatlari Koreys tili leksikasi
Download 34.18 Kb.
|
1DARS
- Bu sahifa navigatsiya:
- Semantik xususiyatlar
- Ijtimoiy xususiyatlar
Strukturaviy xususiyatlar(구조적 특성) Boshqa tillar singari, koreys tili ham tuzilish jihatdan affikslar orqali bitta so’z(단일어), qo’shma soʻz va qisqartirilgan soʻz(줄임말 )lardan tuziladi.
단일어(bitta so’z) bir morfemadan tuzilgan so‘z hisoblanadi. Masalan: 집, 옷, 눈, 보다. 복합어(qo’shma so’z) ikki yoki undan ortiq morfemalarning birikishidan tuzilgan so‘zlar hisoblanadi. Shu qatori qo’shma so’zlar ham ikki turga bo’linadi. Bular ikki o’zakdan tashkil topgan so’zlar(합성어) va o’zak bilan affiksdan tashkil topgan so’zlar(파생어)dir. 줄임말(qisqartirilgan so’zlar) ikki yoki undan ortiq soʻzlarning birikishidan hosil boʻlgan soʻz, lekin aslida qisqartirilgan shakldir. Masalan: 그럼-그러면, 뭐가-무엇이, 근데-그런데. Semantik xususiyatlar(의미적 특성) til yoki uning bironbir birligi (soʻz, soʻzning grammatik shakli, frazeologizm, soʻz birikmasi) orqali ifodalanadigan butun mazmun, maʼno, axborot; 2) turli til birliklarining maʼnoviy tomonini oʻrganuvchi tilshunoslik boʻlimi. Koreys tilida semantic xususiyat 5 turga bo’linadi. 유의어,반의어, 다의어, 동음의어, 상의어/하의어 유의어(sinonim) semantik jihatdan juda oʻxshash va baʼzan kontekstga qarab oʻzaro almashinadigan soʻzlar. Masalan: 변소-화장실, 아름답다-예쁘다 반의어(antonim) qarama-qarshi yoki qarama-qarshi ma'noli so'zlardir. Masalan: 재미있다-재미없다, 많다-적다, 덥다-춥다 다의어(polisemiya) so'zning asosiy ma'nosi va undan olingan periferik ma'nosi bo'lganda tushuniladi. Masalan: 울다(종이, 아이), 먹다(음식,나이), 여우(교활한 동물) 동음의어(omonim) bitta tovushda ifodalangan so'z bir nechta aniq ma'nolarni ifodalaganda tushuniladi. Masalan:눈, 배, 다치다-닫히다 (상위어) umumiy ma’nolarni anglatuvchi so’zlar. Masalan: 옷 (하위어) aniq(konkret) ma’nolarni anglatuvchi so’zlar. Masalan: 치마 Ijtimoiy xususiyatlar(어휘의 사회적) so’z yoki gaplar ijtimoiy vaziyatdan kelib chiqqan holda yangi so’zlar paydo bo’lishi, qisqarilishi yoki inkorga aylanishi tushuniladi. Bu xususiyat 5 turga bo’linib o’rganiladi. 신조어, 은어, 비속어, 완곡어, 유행어. 신조어(neologism) ehtiyojga qarab yangi yaratilgan so’zlar. Masalan: 마우스, 내비게이션. 은어(jargon) muayyan sinf yoki sinf a'zolari tomonidan tez-tez ishlatib turadigan so'z, uni boshqalar tushunishiga yo'l qo'yilmaydigan so’zlar. Masalan: 양아치(거지 동료), 범생이(모범생) 비속어 (sleng) jarangsiz va jarangli so'zlar (ommabop ishlatiladigan so'zlar) uchun umumiy atama so'zlar. Masalan: 미친놈 (낮춤말), 딸딸이(장난 말) 완곡어(evfemizm) salbiy his-tuyg'ulardan qochish uchun ishlatiladigan so'zlar. Masalan: 변소-화장실(완곡어) 유행어( mashhur so'z) odamlar ma'lum vaqt ichida vaqtincha ishlatadigan so'zlar. Masalan: 레알, 스튜핏, 빼빼로 Download 34.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling