17. Tovarga bo‘lgan talab va taklif bir xil nisbatda ko‘paysa:
A) Baho ko‘tariladi;
B) Tovarning umumiy hajmi oshadi;
*V) Baho o‘zgarmay qoladi;
G) Jamiyatning farovonligi oshadi.
18. Agar tovar narxi talab va taklif egri chiziqlarining kesishish nuqtasidan yuqorida bo‘lsa:
*A) Tovar ortiqchaligi paydo bo‘ladi;
B) Taqchillik yuzaga keladi;
V) Ishsizlik ko‘payadi;
G) Muvozanat holat ta’minlanadi.
19. Agar tovarning bozordagi muvozanatli narxi fermerlarning zarar ko‘rishiga olib kelsa:
A) Davlat tovarning maksimal narxini o‘rnatadi;
B) Davlat narx siyosatiga aralashmaydi;
*V) Davlat tovarning minimal narxini o‘rnatadi;
G) Bozorning o‘z-o‘zini muvozanatga keltirishidan foydalaniladi.
20. Agar tovarning bozordagi muvozanatli narxi iste’molchilarning zarar ko‘rishiga olib kelsa:
*A) Davlat tovarning maksimal narxini o‘rnatadi;
B) Davlat narx siyosatiga aralashmaydi;
V) Davlat tovarning minimal narxini o‘rnatadi;
G) Bozorning o‘z-o‘zini muvozanatga keltirishidan foydalaniladi.
21. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari taklifi talabdan ortib ketib, narxlar keskin tushib ketsa davlat bozordagi muvozanat holatini tiklash uchun:
*A) Bozordagi ortiqcha mahsulotni sotib oladi;
B) Bozorga ortiqcha zaxiralarini tashlaydi;
V) Tovarning maksimal narxini o‘rnatadi;
G) Bozorning o‘z-o‘zini muvozanatga keltirishidan foydalaniladi.
22. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorida taklif keskin kamayib, talab qondirilmasligi sababli narxlar keskin oshib ketsa davlat bozordagi muvozanat holatini tiklash uchun:
A) Bozordagi ortiqcha mahsulotni sotib oladi;
*B) Bozorga ortiqcha zaxiralarini tashlaydi;
V) Tovarning maksimal narxini o‘rnatadi;
G) Bozorning o‘z-o‘zini muvozanatga keltirishidan foydalaniladi.
23.Bozor talabi oshib, talab chizig‘i o‘nga surilsa:
A) Muvozanatli narx va tovar hajmi o‘zgarmay qoladi;
B) Bozor muvozanati o‘rnatiladi;
V) Tovarning maksimal narxi o‘rnatiladi;
*G) Muvozanatli narx va tovar hajmi oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |