Korhonaning yillik ishlab chiqarish biznes rejasi
Aylanma mablag’larga bo’lgan extiyojning
Download 212 Kb.
|
ahimov Asliddin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xarajatlar bashorati.
- Foydalanilgan adabiyot
Aylanma mablag’larga bo’lgan extiyojning mufassal hisobini yangidan tashkil etilayotgan korxonalar uchun amalga oshiriladi. Faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun aylanma mablag’lar miqdoriga o’zgartirish kiritish, aylanma mablag’lar me’yorini aniqlashning koeffitsentli uslubi yordamida biznes-rejaning «Moliyaviy reja» bo’limida yoritiladi.
Aylanma mablag’larga bo’lgan umumiy extiyoj ya’ni aylanma mablag’lar yalpi normativini tashkil etuvchi elementlar normativlari yig’indisi sifatida aniqlanadi (9.3-jadval).9.3-jadval. Aylanma mablag`larga extiyojni shakllantirish.
Xarajatlar bashorati. Bo’lim ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini hisoblash bilan tugallanadi. Bo’limga ishlab chiqariladigan mahsulot kalkulyatsiyasi va ishlab chiqarish xarajatlari smetasining barcha muddatlari bo’yicha hisoblar ilova qilinadi. Moddiy resurslarga bo’lgan talabni jadval shaklida berish mumkin Biznes-rejada material-xom ashyo va yoqilg’i-energetika resurslarini sotib olish shartlari, etkazib beriladigan resurslarning nomenklaturasi, muddatlari va bahosi nuqtai nazaridan ta’minotchilarning ishonchliligini ko’rsatib o’tiladi. Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari smetasi 9.4-jadval shaklida rasmiylashtirilishi mumkin.9.4-jadval. Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi.
Qisqa xulosalarBiznes-rejaning «Ishlab chiqarish rejasi» bo’limi vazifasi korxonaning belgilangan muddatda kerakli mahsulotni kerakli miqdorda ishlab chiqarish imkoniyatlarini asoslab berishdan iborat. Ishlab chiqarish rejasi ishlab chiqarish jarayonini bayon qilish, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va resurslar ta’minotini asoslab berish, ishlab chiqarish rejasi ko’rsatkichlarini hisob-kitob qilishni qamrab olishi lozim. Ishlab chiqarish rejasini ishlab chiqarish quvvatlari bilan ta’minlanganligini asoslab berish, ishlab chiqarish muddatining davomiyligi, ishlov beriluvchi detallar hajmi va operatsiyalar yig’indisi kabi hisob-kitoblarni nazarda tutadi.Ishlab chiqarish dasturining asoslanganligi moddiy va xom ashyo resurslariga ehtiyojlar bilan mustahkamlanadi. Bunday hisob-kitoblarni ulardan foydalanish samaradorligini, shuningdek, xarid qilish va moliyalashtirish manbalarini hisobga olgan holda amalga oshirish zarur. Foydalanilgan adabiyot Download 212 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling