Koronavirus (covid-19) kasalligi — jsst ko’rsatmalari koronaviruslar


Download 22.14 Kb.
bet5/6
Sana18.02.2023
Hajmi22.14 Kb.
#1210158
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KORONAVIRUS

TIBBIY NIQOB TAQISH QOIDALARI
Respirator kasalliklari, masalan yo’tal kabi alomatlari bo’lmagan kishilarga tibbiy taqish shart emas. JSST niqoblarni faqat COVID-19 alomatlari bo’lgan yoki yo’talish yoki isitma kabi belgilar kuzatilayotgan odamlarga taqishni tavsiya qiladi. Niqoblardan foydalanish tibbiyot xodimlari va bemorlarni parvarish qilayotgan kishilar (uyda yoki tibbiy muassasada) uchun mutlaqo zarurdir.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tibbiy niqoblardan oqilona foydalanishni, qimmatbaho resurslarni isrog qilmaslik va niqoblarni noto’g’ri ishlatish holatlarini oldini olish tarafdori bo’lib kelmoqda.
NIQOBNI TAQISH, ISHLATISH, YECHISH VA YO’Q QILISH QOIDALARI

  1. Niqobni qo’lgan olishdan oldin uni spirt asosli mahsulot bilan tozalang yoki sovun bilan yuving.

  2. Teshiklar va shikastlanish yo’qligiga ishonch hosil qilish uchun niqobni tekshiring.

  3. Niqobda metall kiritma bor, uni yuqorida bo’ladigan qilib ushlang.

  4. Niqobni tashqi tomonini (yorqin rangli tomoni) yuzga qaramaydigan qilib ushlang.

  5. Niqobni yuzga qo’ying. Metall kiritma yoki fiksatsion qismini burun shaklida qilib buking.

  6. Niqobning pastki qismini og’iz va iyakni to’liq yopadigan qilib torting.

  7. Qo’llashdan keyin niqobni olib tashlang. Niqobni quloqqa taqiladigan elastik iplaridan ushlang va yuzingizga yoki kiyimingizga tegizmang, chunki ishlatilgan niqob mikroblr bilan ifloslangan bo’lishi mumkin.

  8. Ishlatib bo’lgandan keyin darhol niqobni og’zi yopiladigan idishga tashlang.

  9. Niqobga tekkach yoki uni yechgach qo’llarni spirtli vositalar yoki sovun bilan tozalash kerak.

VIRUS HAYVONLARDAN YUQADIMI
Koronaviruslar oilasi keng qamrovli viruslarni o’z ichiga oladi va hayvonlarda keng tarqalgan sanaladi. Ushbu viruslar odamlarga yuqishi va ulardan boshqa odamlarga tarqalishi kamdan-kam hollarda uchraydi. Masalan, SARC-CoV odamlarga viverralar, MERS-CoV esa bir o’rkachli tuyalardan yuqishi aniqlangan. Hayvonlar orasida SARS-CoV-2 mumkin bo’lgan manba hali aniqlanmagan.
Shaxsiy himoya chorasi sifatida, masalan, chorva mollari bozoriga tashrif buyurganda, hayvonlar bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa qilmaslik, shuningdek hayvonlar aloqa qiladigan joylarga tegmaslik kerak. Oziq-ovqat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, xom go’sht, sut iste’mol qilmaslik, ularning zararlanishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Hozirgi paytda SARS-CoV-2 infektsiyasi uy hayvonlari (mushuklar, itlar) orqali yuqishi holatlari to’g’risida ma’lumotlar yo’q.

Download 22.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling